QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят39

لِيُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِى يَخْتَلِفُونَ فِيهِ وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَـٰذِبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga ixtilof qilib yurgan narsalarini bayon qilib berish uchun, kufr keltirganlar o`zlarining shubhasiz yolg`onchi ekanlarini bilishlari uchun (qayta tiriltirur).Уларга ихтилоф қилиб юрган нарсаларини баён қилиб бериш учун, куфр келтирганлар ўзларининг шубҳасиз ёлғончи эканларини билишлари учун (қайта тирилтирур).Alauddin Mansour: Ularga oʻzlari ixtilof qilayotgan narsalarini bayon qilib (koʻrsatib) berish uchun hamda kofir boʻlgan kimsalar oʻzlarining yolgʻonchi ekanliklarini bilishlari uchun ham (albatta, Alloh barcha xaloyiqni qayta tiriltirur).Уларга ўзлари ихтилоф қилаётган нарсаларини баён қилиб (кўрсатиб) бериш учун ҳамда кофир бўлган кимсалар ўзларининг ёлғончи эканликларини билишлари учун ҳам (албатта, Аллоҳ барча халойиқни қайта тирилтирур).

271-sahifa · 14-juz · 27-hizb271-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِيُبَيِّنَbayon qilib berish uchunбаён қилиб бериш учунلَهُمُulargaуларгаٱلَّذِىnarsaniнарсаниيَخْتَلِفُونَular ixtilof qilayotganулар ихтилоф қилаётганفِيهِundaундаوَلِيَعْلَمَva bilishlari uchunва билишлари учунٱلَّذِينَshunday kimsalarшундай кимсаларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganкуфр келтирганأَنَّهُمْalbatta ularалбатта уларكَانُوا۟edilarэдиларكَـٰذِبِينَyolgʻonchilarёлғончилар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo oʻlganlarni qayta tiriltirishining hikmatini bayon qilmoqda. Alloh nima uchun oʻlganlarni qayta tiriltiradi, degan savolga javob bermoqda.

Alloh taoloning oʻlganlarni qayta tiriltirishdan maqsadi:

«Ularga ixtilof qilib yurgan narsalarini bayon qilib berish uchun»dir.

Odamlar bu dunyo hayoti davrida koʻp masalalar ustida bahslashadilar. Baʼzilari, Alloh bor, desa, baʼzilari, yoʻq, deydi. Birlari, Alloh yagonadir, desa, boshqalari, Uning sherigi, oʻgʻli yoki xotini bor, deydi. Baʼzilari, Paygʻambarlarga, ilohiy kitoblarga, farishtalarga, oxirat kuniga va boshqa ilohiy haqiqatlarga iymon keltirish kerak, desa, boshqalari, kerak emas, deydi. Birovlari, Allohga ibodat qilish lozim, desa, yana birovlari, shart emas, deydi. Ayrimlari, iymon keltirgandan keyin uning taqozosi boʻyicha amal qilish kerak, desa, boshqalari, iymon keltirsa yetadi, amal qilmasa ham boʻlaveradi, deydi. Baʼzilari, Allohning dini Islom hayotning hamma sohalari uchun dastur boʻla oladi, desa, boshqalar, bu eski fikr, hozir «izmlar» va modellar davri, biz falon «izm» boʻyicha, piston model boʻyicha hayot kechirsak, yaxshi boʻladi, deydi. Xullas, ixtiloflar juda ham koʻp. Odatda, bu ixtiloflarda kim haqligini bilmay dunyodan oʻtib ketiladi. Chunki insonning umri qisqa. Shuning uchun ham, bir kun kelib Allohning irodasi ila bu dunyo hayoti nihoyasiga yetadi. Qiyomat qoim boʻladi. Alloh taolo oʻlganlarning barchasini–Odam Atodan tortib to oxirgi kungacha yashab oʻtganlarni qayta tiriltiradi. Ularning hammasini mahsharga toʻplaydi. Soʻngra, mazkur ixtiloflarda kim haq ekanini bayon qilib beradi. Hamma narsa ayon boʻladi. Hamma narsani, yaʼni, Alloh bor, U zot yolgʻizdir, Uning Paygʻambarlariga, ilohiy kitoblariga, oxirat kuniga va farishtalariga iymon keltirish kerak, Allohga ibodat qilish lozim, Islom hayot dasturi boʻla oladi, deganlar haqmi yoki buning teskarisini aytganlar haqmi–hammasini bayon qilib beradi.

Oʻlganlarni qayta tiriltirishdan yana bir maqsad:

«...kufr keltirganlar oʻzlarining shubhasiz yolgʻonchi ekanlarini bilishlari uchun»dir.

Qayta tirilishidan soʻng kofirlarning har bir narsada yolgʻonchi ekanliklari aytib beriladi. Ular «Biz haqmiz, Paygʻambar yolgʻonchidir» degan gaplarida ham, «Qiyomat boʻlmaydi, Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmaydi» degan gaplarida ham yolgʻonchidirlar. Ularning barcha eʼtiqod va amallari yolgʻondan iboratdir. Ushbu haqiqatni ularning oʻzlariga bildirish uchun, Alloh oʻlganlarni qayta tiriltiradi. Bu ish U zot uchun hech qiyin emas: