إِنَّمَا قَوْلُنَا لِشَىْءٍ إِذَآ أَرَدْنَـٰهُ أَن نَّقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz bir narsaning bo`lishini iroda qilsak, unga «bo`l» demog`imiz kifoya. Bas, o`sha narsa bo`lur.Агар Биз бир нарсанинг бўлишини ирода қилсак, унга «бўл» демоғимиз кифоя. Бас, ўша нарса бўлур.Alauddin Mansour: Biz biron narsani iroda qilsak, unga aytadigan soʻzimiz «Boʻl», demoqlikdir. Bas, oʻsha narsa boʻlur.Биз бирон нарсани ирода қилсак, унга айтадиган сўзимиз «Бўл», демоқликдир. Бас, ўша нарса бўлур.
Qiynalib oʻtirmaymiz, bir ogʻiz «boʻl» degan soʻzni aytamiz, xolos. Har qanday narsa boʻladi. Kofirlar, odam oʻlgandan keyin chirib tuproqqa aralashib ketadi-yu, uni qanday qilib yana qaytadan tiriltirib boʻladi, deb bekorga xayol surib yurmasinlar. Hamma oʻliklarni qayta tiriltirish uchun bir ogʻiz «boʻl» desak, kifoya. Boʻladi. Hammasi qayta tiriladi. Ana shundan soʻng hisob-kitob boʻlib, bu dunyodagi ixtilofli narsalar bayon etiladi, kofirlarga yolgʻonchi ekanliklari bildiriladi va jahannamga kirishlari uchun hukm qilinadi.
Kofir va mushriklarning holidan farqli oʻlaroq, ikkinchi tomondagi muhojir moʻminlarning holi tamoman boshqacha boʻladi: