وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ فِى ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا۟ لَنُبَوِّئَنَّهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً ۖ وَلَأَجْرُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zulmga duchor bo`lganlaridan so`ng Allohning yo`lida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, go`zal(joy)ga joylashtiramiz. Va oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan bo`lsalar.Зулмга дучор бўлганларидан сўнг Аллоҳнинг йўлида ҳижрат қилганларни бу дунёда, албатта, гўзал(жой)га жойлаштирамиз. Ва охират ажри каттароқдир, агар биладиган бўлсалар.Alauddin Mansour: Zulmu qiynoqlarga duchor boʻlganlaridan soʻng, Alloh yoʻlida hijrat qilgan zotlarni, albatta, bu dunyoda ham goʻzal (goʻshalarga) joylashtirurmiz. Endi Oxirat ajri — mukofoti yanada kattaroq ekanini (odamlar) bilsalar edi!Зулму қийноқларга дучор бўлганларидан сўнг, Аллоҳ йўлида ҳижрат қилган зотларни, албатта, бу дунёда ҳам гўзал (гўшаларга) жойлаштирурмиз. Энди Охират ажри — мукофоти янада каттароқ эканини (одамлар) билсалар эди!
Sirtdan qaraganda, zolimning zulmidan qochib, Allohning yoʻlida hijrat qilganlar koʻp narsani yoʻqotganga oʻxshaydilar. Ular aziz vatanlaridan ayriladilar, qarindosh-urugʻ, xesh-aqrabolar va yoru doʻstlaridan ajraladilar. Ammo, hijratlari haqiqatan Alloh uchun boʻlsa, Alloh bu dunyoning oʻzida ularga avvalgidan yaxshiroq evazlarini beradi. Bu haqiqatni Alloh taolo ushbu oyatda taʼkidlab aytmoqda:
«Zulmga duchor boʻlganlaridan soʻng Allohning yoʻlida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, goʻzal(joy)ga joylashtiramiz».
Hijrat sababli yoʻqotgan yerlaridan koʻra goʻzalroq joyga joylashtiriladi. Ammo bu nihoiy mukofot emas.
«Oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan boʻlsalar.»
Ular hijrat yoʻlida tortgan mashaqqatlari uchun bitmas-tuganmas ajru savoblar hamda martabalarga erishadilar. Chunki: