QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят42

ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sabr qilgan va Robbilariga tavakkal qilganlardir.Улар сабр қилган ва Роббиларига таваккал қилганлардир.Alauddin Mansour: Ular (mushriklar yetkazgan ozor-aziyatlarga) sabr-toqat qilgan va yolgʻiz Parvardigorgagina suyangan zotlardir.Улар (мушриклар етказган озор-азиятларга) сабр-тоқат қилган ва ёлғиз Парвардигоргагина суянган зотлардир.

271-sahifa · 14-juz · 27-hizb271-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular shunday kimsalarkiулар шундай кимсаларкиصَبَرُوا۟sabr qilganсабр қилганوَعَلَىٰva -gaва -гаرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаيَتَوَكَّلُونَtavakkal qilurlarтаваккал қилурлар
TafsirТафсир

Allohning yoʻlida hijrat qilish oson emas. Bu yoʻlda sonsiz- sanoqsiz qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga sabr qilish lozim boʻladi. Ona vatan firoqiga, ota-ona, qarindosh-urugʻ va yoru doʻstlarning firoqiga sabr qilishga toʻgʻri keladi. Musofirchilikda, begona yurtlarda yuzaga keladigan turli azob-uqubatlarga, moddiy va maʼnaviy qiyinchiliklarga ham sabr etish kerak boʻladi.

Muhojirlar ana oʻsha qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga, azob- uqubatlarga sabr qilgan ulugʻ kishilardir. Ular Allohning roziligi uchun sabr qilgan va bu asnoda faqat Robbilariga tavakkal etgan hamda faqat Ungagina suyangan zotlardir.

Soʻngra, yana Paygʻambar alayhissalomlarning vazifalarini bayon qilishga qaytiladi: