وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ۚ فَسْـَٔلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz sendan oldin ham faqat er kishilarni yuborib, ularga vahiy qilganmiz. Agar bilmaydigan bo`lsangiz, zikr ahllaridan so`ranglar.Биз сендан олдин ҳам фақат эр кишиларни юбориб, уларга ваҳий қилганмиз. Агар билмайдиган бўлсангиз, зикр аҳлларидан сўранглар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan (yaʼni, sizni paygʻambar qilib yuborishimizdan) ilgari ham (farishtalarni emas, balki) faqat (siz kabi) kishilarni — insonlarnigina Oʻzimiz tushirgan vahiy bilan (paygʻambar qilib) yuborganmiz. (Ey mushriklar), agar (bu haqda) bilmaydigan boʻlsangizlar, ahli ilmlardan (yaʼni, Tavrot va Injilni biladigan kishilardan) soʻranglar!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сиздан (яъни, сизни пайғамбар қилиб юборишимиздан) илгари ҳам (фаришталарни эмас, балки) фақат (сиз каби) кишиларни — инсонларнигина Ўзимиз туширган ваҳий билан (пайғамбар қилиб) юборганмиз. (Эй мушриклар), агар (бу ҳақда) билмайдиган бўлсангизлар, аҳли илмлардан (яъни, Таврот ва Инжилни биладиган кишилардан) сўранглар!
Yaʼni, biz, odatimiz boʻyicha, doimo er kishilarni Paygʻambar qilib yuborib, ularga vahiy tushirganmiz. Farishtalarni ham, ayollarni ham Paygʻambar qilmaganmiz. Ey, qurayshliklar, ey, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni inkor qilayotganlar!
«Agar bilmaydigan boʻlsangiz, zikr ahllaridan soʻranglar.»
Zikr ahllari–ilohiy kitob ahllaridir, oʻshalardan soʻranglar. Ular sizlarga Paygʻambarlar odam boʻlganmi, farishtami yoki boshqa narsami–aytib beradilar.
Garchi, ushbu joyda «zikr ahli»–eslash, bilish ahli avvalgi ilohiy kitoblar ahllari boʻlsa ham, boshqa har bir masalaning oʻz «zikr ahli» boʻlishi haqdir. Shunga binoan, Alloh taoloning ushbu oyati karimadagi:
«Agar bilmaydigan boʻlsangiz, zikr ahllaridan soʻranglar», degan qavli umumiy qoida boʻlib qolgan. Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, oʻsha sohaning «zikr ahli»dan oʻrganishi lozim boʻladi. Eʼtiqod va dinu diyonatga tegishli narsalardan boshqa narsalarni gʻayridindan boʻlsa ham oʻrganish lozim boʻladi.
Paygʻambarlar yuborishga oid gaplari davomida Alloh taolo yana quyidagilarni aytadi.
Biz Paygʻambarlarni: