بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَٱلزُّبُرِ ۗ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik). Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o`zlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar.Очиқ-ойдин баёнотлар ва китоблар ила (юбордик). Ва сенга одамларга нозил қилинган нарсани ўзларига баён қилиб беришинг учун Зикрни нозил қилдик. Шоядки, тафаккур қилсалар.Alauddin Mansour: (Biz avvalgi paygʻambarlarni) ochiq hujjatlar va kitoblar bilan (yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni (yaʼni, shariat ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani — Qurʼonni nozil qildik.(Биз аввалги пайғамбарларни) очиқ ҳужжатлар ва китоблар билан (юборганмиз). Сизга эса одамларга нозил қилган нарсаларни (яъни, шариат аҳкомларини) баён қилиб беришингиз учун ва шояд тафаккур қилсалар, деб бу эслатмани — Қуръонни нозил қилдик.
Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi oʻzidan oldingi oyatning uzviy davomidir. Ana oʻsha eʼtibordan umumiy maʼno, Biz sendan oldin ham er kishilarni «Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik)», boʻladi.
«Va senga odamlarga nozil qilingan narsani oʻzlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik.»
Qurʼoni Karimning ismlaridan biri «Zikr» ekanini boshqa joylarda ham aytib oʻtgan edik. Ushbu oyat ham uni «Zikr» deb atamoqda. Yaʼni, Paygʻambarlarni oʻz qavmlariga turli ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar bilan yubordik. Seni esa, odamlarga nozil qilingan narsani oʻzlariga bayon qilib berishing uchun Zikr–Qurʼon ila yubordik.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam avvalgi kitoblarga amal qilib kelayotgan qavmlarga ularga tushgan narsaning haqiqati nimadan iborat ekanini aytib beradilar. Shuningdek, ahli kitob boʻlmagan boshqa zamondoshlariga ham Qurʼonni bayon qilib beradilar. Bu bayonlardan maqsad shuki, odamlar
«Shoyadki, tafakkur qilsalar».
Hamda tafakkurlari tufayli haq yoʻlni topsalar.
Keyingi keladigan oyatlarda haqni inkor etib, mutakabbir boʻlib yurganlarga «Allohning makridan emin boʻlaman» deb oʻylashning oqibati yaxshi boʻlmasligi eslatiladi. Hamda dunyodagi hamma narsa Allohga tasbih aytib, ibodat qilishi taʼkidlanadi: