QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят45

أَفَأَمِنَ ٱلَّذِينَ مَكَرُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَخْسِفَ ٱللَّهُ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Makr ila yomonliklar qilganlar Alloh ularni yerga yutqazib yuborishidan yoki ularga kutmagan tomonlaridan azob kelib qolishidan xotirjam bo`ldilarmi?!Макр ила ёмонликлар қилганлар Аллоҳ уларни ерга ютқазиб юборишидан ёки уларга кутмаган томонларидан азоб келиб қолишидан хотиржам бўлдиларми?!Alauddin Mansour: (Muhammad alayhis-salotu vas-salomni qatl etish uchun) eng yomon makru hiylalarni qilgan kimsalar oʻzlarini yer yutishidan yoki (ularga) sezmagan-kutmagan taraflaridan (Allohning) azobi kelib qolishidan xotirjam boʻldilarmi?!(Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни қатл этиш учун) энг ёмон макру ҳийлаларни қилган кимсалар ўзларини ер ютишидан ёки (уларга) сезмаган-кутмаган тарафларидан (Аллоҳнинг) азоби келиб қолишидан хотиржам бўлдиларми?!

272-sahifa · 14-juz · 27-hizb272-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَأَمِنَaxir xotirjam boʻldilarmiахир хотиржам бўлдилармиٱلَّذِينَshunday kimsalarшундай кимсаларمَكَرُوا۟makr ila qilganмакр ила қилганٱلسَّيِّـَٔاتِyomonliklarniёмонликларниأَن-ki-киيَخْسِفَyutqazib yuborishidanютқазиб юборишиданٱللَّهُAllohАллоҳبِهِمُularniуларниٱلْأَرْضَyergaергаأَوْyokiёкиيَأْتِيَهُمُularga kelishidanуларга келишиданٱلْعَذَابُazobазобمِنْ-dan-данحَيْثُtomondanтомонданلَاemasэмасيَشْعُرُونَular sezurlarулар сезурлар
TafsirТафсир

Iymon keltirmay, makr ila yomonlik qilib yurganlar nimaga ishonib yuribdilar? Iymon keltirganlar Allohga ishonib yuribdilar. Ammo bular-chi? Kimga, nimaga ishonib yuribdilar? Ular kufr keltirayotgan, isyon qilayotgan Zotlari kim ekanligini biladilarmi oʻzi? Ular Alloh taologa, hammadan qudratli Zotga kufr keltirmoqdalarmi? Qudrati cheksiz Zotga isyon qilayotgan ekan, agar Alloh xohlasa, ularni bir zumda yerga yuttirib yuborishi mumkin. Yerga bir amr etsa, kifoya, ularni yutib yuboradi. Ibrat uchun baʼzi joylarda tez- tez zilzila boʻlib, odamlarni yer yutib turishi bunga misoldir.

Yoki kutilmagan tomondan azobga duchor boʻlishlari ham juda oson. Bunday ishlar ham tez-tez takrorlanib turibdi-ku!