أَوْ يَأْخُذَهُمْ فِى تَقَلُّبِهِمْ فَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoxud ularni harakatlari asnosida olishidan, ular U zotni ojiz qoldiruvchi bo`la olmasliklaridan (xotirjammilar)?Ёхуд уларни ҳаракатлари асносида олишидан, улар У зотни ожиз қолдирувчи бўла олмасликларидан (хотиржаммилар)?Alauddin Mansour: Yoki safar-sayohatlarda yurgan chogʻlarida ularni (balo-ofatlar) ushlab, hech qayoqqa qochib qutulolmay qolishlaridan (qoʻrqmadilarmi)?Ёки сафар-саёҳатларда юрган чоғларида уларни (бало-офатлар) ушлаб, ҳеч қаёққа қочиб қутулолмай қолишларидан (қўрқмадиларми)?
Agar Alloh xohlasa, ularni harakatda boʻlib, davlatma-davlat, shaharma-shahar kezib, sayru sayohat, tijorat yoki boshqa ishlar bilan mashgʻul boʻlib yurganlarida ham olaveradi. Oʻsha paytda odamlar Allohni ojiz qoldirib qochib qutula bilmaydilar. Shu narsalarni ham oʻylab koʻrmaydilarmi? Nimaga ishonib kofir holida xotirjam yuribdilar?