أَوْ يَأْخُذَهُمْ عَلَىٰ تَخَوُّفٍ فَإِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki U zot ularni xavfsirab turgan hollarida olishidan ham (xotirjammilar)? Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.Ёки У зот уларни хавфсираб турган ҳолларида олишидан ҳам (хотиржаммилар)? Албатта, Роббингиз меҳрибон ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Yoki (qilgan makr-hiylalarining oqibatidan oʻzlari) qoʻrqib-pusib yurgan paytlarida, ularni (Allohning balosi) ushlab qolishidan (qoʻrqmadilarmi)?! Darhaqiqat, Parvardigoringiz mehribon va rahmlidir.Ёки (қилган макр-ҳийлаларининг оқибатидан ўзлари) қўрқиб-пусиб юрган пайтларида, уларни (Аллоҳнинг балоси) ушлаб қолишидан (қўрқмадиларми)?! Дарҳақиқат, Парвардигорингиз меҳрибон ва раҳмлидир.
Allohga baribir, agar xohlasa, qoʻrqib-pisib, berkinib yurganlarga ham balo yogʻdiraveradi. Ularning qoʻrqib hushyor turishlari, tayyorgarlik koʻrib qoʻyishlari foyda bermaydi. Lekin Alloh ularga fursat berib, tek qoʻyib qoʻyadi.
«Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.»
Odamlar U zotni inkor qilsalar ham, Unga kufr keltirib, isyon etsalar ham, garchi ularni halok qilish Oʻz qoʻlida boʻlsa-da, tek qoʻyadi. Ularga oʻzlarini oʻnglab olishlari uchun muhlat beradi.
Agar kofirlar eʼtibor berib atrofga nazar tashlasalar, oʻzlaridan boshqa hamma narsa Allohga sajda qilayotganini koʻrar edilar.