أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَىٰ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ يَتَفَيَّؤُا۟ ظِلَـٰلُهُۥ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَٱلشَّمَآئِلِ سُجَّدًا لِّلَّهِ وَهُمْ دَٰخِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir ular Alloh yaratgan har bir narsaning soyalari o`ngga, chapga moyil bo`lib, Allohga sajda qilib yotganini va ular bo`ysunuvchi ekanini ko`rmaydilarmi?!Ахир улар Аллоҳ яратган ҳар бир нарсанинг соялари ўнгга, чапга мойил бўлиб, Аллоҳга сажда қилиб ётганини ва улар бўйсунувчи эканини кўрмайдиларми?!Alauddin Mansour: Axir ular Alloh yaratgan barcha narsalarning soyalari oʻngu soʻllariga, Allohga sajda qilgan holda egilayotganini — ular (barchasi Allohga) boʻyinsunuvchi ekanliklarini koʻrmadilarmi?!Ахир улар Аллоҳ яратган барча нарсаларнинг соялари ўнгу сўлларига, Аллоҳга сажда қилган ҳолда эгилаётганини — улар (барчаси Аллоҳга) бўйинсунувчи эканликларини кўрмадиларми?!
Ushbu oyati karima barcha mavjudotlarning Alloh joriy etgan qonun-qoidalarga boʻysunishlarini «Allohga sajda qilish» deb taʼriflamoqda. Bu holat har bir narsaning soyasi oʻng va chap tomonlariga moyil boʻlishidagi nozik harakatlari ila vasf qilinmoqda. Barcha maxluqotlar Allohga boʻysungan boʻlishlari shu xilda taʼkidlanmoqda.