وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن دَآبَّةٍ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar va farishtalar faqat Allohga sajda qilurlar. Ular mutakabbirlik qilmaslar.Осмонлару ердаги барча жонзотлар ва фаришталар фақат Аллоҳга сажда қилурлар. Улар мутакаббирлик қилмаслар.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi barcha jonivorlar va farishtalar ham kibr-havo qilmagan hollarida yolgʻiz Allohga sajda qilurlar.Осмонлар ва Ердаги барча жониворлар ва фаришталар ҳам кибр-ҳаво қилмаган ҳолларида ёлғиз Аллоҳга сажда қилурлар.
Yaʼni, ularning hammasi ham Alloh joriy qilgan qonun-qoidaga boʻysunadilar. Uning xohishiga binoan vazifalarini ado etadilar. Ularning ichida odamlarga oʻxshab mutakabbirlik qilgan kofirlari boʻlmaydi.