خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U insonni nutfadan yaratdi. Endi esa, u (inson) ochiq-oydin xusumatchi bo`lib turibdi.У инсонни нутфадан яратди. Энди эса, у (инсон) очиқ-ойдин хусуматчи бўлиб турибди.Alauddin Mansour: U insonni nutfadan — bir tomchi suvdan yaratgan edi. Banogoh (inson) ochiqdan-ochiq raqibga aylanib oldi.У инсонни нутфадан — бир томчи сувдан яратган эди. Баногоҳ (инсон) очиқдан-очиқ рақибга айланиб олди.
Osmonlaru yerni yaratgan Alloh, insonni nutfadan (spermadan) yaratdi. Uni mukammal inson holiga keltirdi. Aql-farosat, kuch- quvvat va rizq-roʻz berdi. Kerak boʻlgan hamma narsani muhayyo qildi. Voyaga yetgan inson esa, asli bir tomchi jirkanch suv ekanini unutib, Allohga qarshi, oʻzini yaratgan Zotga qarshi ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi.