وَٱلْأَنْعَـٰمَ خَلَقَهَا ۗ لَكُمْ فِيهَا دِفْءٌ وَمَنَـٰفِعُ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U chorva hayvonlarini ham yaratdi. Ularda siz uchun issiqlik, manfaatlar bor va ulardan yeysizlar ham.У чорва ҳайвонларини ҳам яратди. Уларда сиз учун иссиқлик, манфаатлар бор ва улардан ейсизлар ҳам.Alauddin Mansour: U zot yana sizlar uchun issiq kiyim va (turli) manfaatlar boʻlsin, deb chorva mollarini ham yaratdiki, sizlarning taom-ozuqalaringiz ulardan boʻlur.У зот яна сизлар учун иссиқ кийим ва (турли) манфаатлар бўлсин, деб чорва молларини ҳам яратдики, сизларнинг таом-озуқаларингиз улардан бўлур.
Chorva hayvonlari insoniyat uchun katta neʼmat. Albatta, insonlar ularni oʻzlari yaratganlari yoʻq. Yarata olmaydilar ham. Hayvonlar oʻz-oʻzidan dunyoga kelib qolishini aqli bor odam tasdiqlamaydi. Demak, ularni faqat Alloh taolo inson foydasi uchun yaratgan. Inson u hayvonlarning jun va terilaridan oʻziga issiq kiyimlar tikib kiyadi. Shuningdek, yana eng katta foydalaridan biri — insonlar ularning goʻshtidan taom pishirib, isteʼmol qiladilar.