وَلَكُمْ فِيهَا جَمَالٌ حِينَ تُرِيحُونَ وَحِينَ تَسْرَحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va siz uchun ularda kechki payt (o`tloqdan) qaytayotganlarida va ertalab (o`tloqqa) ketayotganida jamol bor.Ва сиз учун уларда кечки пайт (ўтлоқдан) қайтаётганларида ва эрталаб (ўтлоққа) кетаётганида жамол бор.Alauddin Mansour: Yana sizlar uchun ular kechqurun oʻtloqdan qaytayotgan va tongda oʻtloqqa ketayotgan paytida bir chiroy — fayz bordir.Яна сизлар учун улар кечқурун ўтлоқдан қайтаётган ва тонгда ўтлоққа кетаётган пайтида бир чирой — файз бордир.
Bu jamolni, bu chiroyni chorvachilik bilan mashgʻul boʻlganlar his qiladilar. Ayniqsa, ushbu oyati karimalar nozil boʻlgan joyda va vaqtda bu jamolning oʻziga yarasha ahamiyati bor edi. Mazkur oyati karimadan chorva hayvonlarida nafaqat moddiy, balki maʼnaviy manfaatlar ham borligiga ishorat qilinayotganini tushunib olamiz.