وَتَحْمِلُ أَثْقَالَكُمْ إِلَىٰ بَلَدٍ لَّمْ تَكُونُوا۟ بَـٰلِغِيهِ إِلَّا بِشِقِّ ٱلْأَنفُسِ ۚ إِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular yuklaringizni siz jon mashaqqatisiz yeta olmaydigan yurtlargacha ko`tarib boradi. Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.Ва улар юкларингизни сиз жон машаққатисиз ета олмайдиган юртларгача кўтариб боради. Албатта, Роббингиз меҳрибон ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Shuningdek, ular sizlar jonlaringizni qiynab, zoʻr-bazoʻr (mashaqqat bilan) yetadigan yurtlarga yuklaringizni eltib berur. Albatta, Parvardigoringiz mehribon va rahmlidir.Шунингдек, улар сизлар жонларингизни қийнаб, зўр-базўр (машаққат билан) етадиган юртларга юкларингизни элтиб берур. Албатта, Парвардигорингиз меҳрибон ва раҳмлидир.
Bu oyatda mol va tuya kabi baʼzi chorva hayvonlarining yana bir xususiyati, yaʼni yuk tashish manfaati haqida gap ketmoqda. Asrlar davomida bu ham katta neʼmat edi. Uzoq-yaqin joylarga yuk tashishda insonning ogʻirini yengil qiladigan asosiy vosita, ulov oʻsha davrlarda tuya edi. Uning yordamida odamlar ogʻirdan-ogʻir yuklarini uzoquzoqlarga osonlik bilan yetkazar edilar. Bu ishlarni inson oʻzi yaratib qoʻygan yoki oʻzidan-oʻzi paydo boʻlib qolgan narsa bilan emas, balki Alloh yaratib bergan tuya vositasida amalga oshirar edi.
Bu holat Allohning bandalariga mehribonligi va rahimliligidandir.