QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят8

وَٱلْخَيْلَ وَٱلْبِغَالَ وَٱلْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةً ۚ وَيَخْلُقُ مَا لَا تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Otlar, xachirlar va eshaklarni minishingiz va ziynat uchun (yaratdi) va siz bilmaydigan narsalarni yaratur.Отлар, хачирлар ва эшакларни минишингиз ва зийнат учун (яратди) ва сиз билмайдиган нарсаларни яратур.Alauddin Mansour: U zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur.У зот яна сизлар минишингиз учун зийнат қилиб отлар, хачирлар ва эшакларни (яратди). Яна сизлар (ҳали) билмайдиган нарсаларни ҳам яратур.

268-sahifa · 14-juz · 27-hizb268-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْخَيْلَva otlarniва отларниوَٱلْبِغَالَva xachirlarniва хачирларниوَٱلْحَمِيرَva eshaklarniва эшакларниلِتَرْكَبُوهَاularni minishingiz uchunуларни минишингиз учунوَزِينَةًۭ ۚva ziynat uchunва зийнат учунوَيَخْلُقُva yaratadirва яратадирمَاnarsalarniнарсаларниلَاemasэмасتَعْلَمُونَsiz bilasizсиз биласиз
TafsirТафсир

Oʻsha paytlarda ulov — naqliyot(transport) vositasi sifatida tuyadan tashqari ushbu oyatda zikr qilingan ot, xachir va eshaklardan ham foydalanilar edi. Shu bilan birga, bu hayvonlar egalari uchun ziynat ham hisoblangan. Yaʼni, ularni minib yurgan kishilarga boshqalar havas bilan qarashar edi. Mazkur ulovga ega boʻlish jamiyat ichida oʻziga yarasha obroʻ va ziynat sanalardi. Bular ham Allohning insonga yaratib bergan oʻziga xos neʼmatlaridir. Insof bilan tafakkur qilgan odam mazkur neʼmatlarni ato etgan Zotga shukr qilmogʻi, Unga doimo hamdu sanolar aytib, iymon keltirib, ibodat qilib oʻtmogʻi lozim.

Oyati karimaning soʻngida:

«...va siz bilmaydigan narsalarni yaratur», deyilmoqda.

Yaʼni, Alloh taolo kelajakda sizlar uchun tuya, ot, xachir va eshakdan boshqa siz bilmaydigan naqliyot(transport) vositalarini yaratadi. Darhaqiqat, shunday ham boʻldi. Ushbu oyatlar tushgan davrda mavjud boʻlmagan, havoda uchadigan, suvda suzadigan va yerda yuradigan koʻplab naqliyot vositalari vujudga keldi. Bu esa, oʻz navbatida, Qurʼoni Karim mazkur: «va siz bilmaydigan narsalarni yaratadi» jumlasi ila moʻmin-musulmonlarni kelajak yangiliklaridan xabardor qilayotganiga dalildir.

Yangilari paydo boʻlganida avvalgi ulovlarni gʻarib sanamaslik kerak. Balki, Qurʼonda zikr qilingan neʼmatlardan biri edi, deb ulardan toʻgʻri foydalanishga oʻtish lozim boʻladi.

Naqliyot, yuk tashish va yoʻl yurish kabi hissiy ishlar ba±nidan soʻng, kelasi oyati karimalarda maʼnaviy ishlar, maʼnaviy yoʻllar haqida gap boradi.