۞ وَقَالَ ٱللَّهُ لَا تَتَّخِذُوٓا۟ إِلَـٰهَيْنِ ٱثْنَيْنِ ۖ إِنَّمَا هُوَ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۖ فَإِيَّـٰىَ فَٱرْهَبُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh: «Ikkita iloh tutmangiz. Haqiqatda, U yolg`iz ilohdir. Bas, Mendangina qo`rqingiz», dedi.Аллоҳ: «Иккита илоҳ тутмангиз. Ҳақиқатда, У ёлғиз илоҳдир. Бас, Мендангина қўрқингиз», деди.Alauddin Mansour: Alloh: «Ikki xudoga bandalik qilmanglar! Faqat birgina iloh (yaʼni, yolgʻiz Alloh taologina) bordir, xolos. Bas, Mendangina qoʻrqingiz!», dedi.Аллоҳ: «Икки худога бандалик қилманглар! Фақат биргина илоҳ (яъни, ёлғиз Аллоҳ таологина) бордир, холос. Бас, Мендангина қўрқингиз!», деди.
«Iloh» soʻzi ibodatga loyiq zot maʼnosida ekanligi avvallari ham bir necha bor aytib oʻtilgan edi. Alloh taolo ushbu oyatda Oʻzining ibodatga sazovor yagona zotligini alohida taʼkidlamoqda. Odamlar uchun ikkita iloh tutish mumkin emas. Ikki maʼbudga ibodat qilib boʻlmaydi. Demak, uch yoki undan koʻp iloh tutish umuman mumkin emas.
«Haqiqatda, U yolgʻiz ilohdir.»
Ilohlikka loyiq zot, haqiqatan, yolgʻiz Allohning Oʻzidir. Boshqa hech qanday zot ibodatga sazovor boʻla olmaydi. Yagona Allohdan oʻzga na butu sanamlarga, na hayvonotga, na insonga, na tuzumlarga va na tabiatdagi boshqa baʼzi narsalarga ibodat qilinadi. Alloh taolo ibodatga sazovorlik faqat Oʻziga xosligini aytganidan soʻng, yana:
«Bas, Mendangina qoʻrqingiz», dedi va shu bilan bandalar qoʻrqishi lozim boʻlgan zot yolgʻiz Oʻzi ekanini bayon qildi. Shuning uchun ham, bandalar yagona Allohga ibodat qilmoqlari va faqatgina Allohdan qoʻrqmoqlari lozimdir.