QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят52

وَلَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلدِّينُ وَاصِبًا ۚ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Din ham bardavom Unikidir. Allohdan o`zgadan qo`rqasizlarmi?Осмонлару ердаги нарсалар Уникидир. Дин ҳам бардавом Уникидир. Аллоҳдан ўзгадан қўрқасизларми?Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Toat-ibodat mudom yolgʻiz Unga (boʻlmogʻi lozimdir). Allohdan oʻzgalardan (yaʼni, jonsiz butlardan yoki oʻzlaringizga oʻxshagan odamlardan) qoʻrqurmisizlar?!Осмонлардаги ва Ердаги барча нарсалар Унинг мулкидир. Тоат-ибодат мудом ёлғиз Унга (бўлмоғи лозимдир). Аллоҳдан ўзгалардан (яъни, жонсиз бутлардан ёки ўзларингизга ўхшаган одамлардан) қўрқурмисизлар?!

272-sahifa · 14-juz · 28-hizb272-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَهُۥva Unikidirва Уникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerва ерوَلَهُva Unikidirва Уникидирٱلدِّينُdin (itoat)дин (итоат)وَاصِبًا ۚbardavomбардавомأَفَغَيْرَoʻzgadanmiўзгаданмиٱللَّهِAllohdanАллоҳданتَتَّقُونَqoʻrqasizlarқўрқасизлар
TafsirТафсир

Yagona iloh boʻlgan zot–Alloh osmonlaru yerdagi hamma narsalarning moliki–egasidir. Undan oʻzga hech kim u narsalarga ega chiqa olmaydi. Demak, U ham yagona iloh, ham yagona molikdir. Shuningdek:

«Din ham bardavom Unikidir».

Yaʼni, din ham paydo boʻlganidan boshlab har doim Uniki boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi.

«Allohdan oʻzgadan qoʻrqasizlarmi?!»

Yagona iloh, yagona molik, yagona din egasi qolib, Undan oʻzga butlardan, sanamlardan, jonsiz mavjudotlardan, hayvonlardan, tuzumlardan, odamlardan yoki shunga oʻxshash narsalardan qoʻrqasizlarmi?