QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят53

وَمَا بِكُم مِّن نِّعْمَةٍ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فَإِلَيْهِ تَجْـَٔرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizda qaysiki ne'mat bo`lsa, Allohdandir. So`ngra, qachonki sizga yomonlik yetsa, Ungagina yolvorasiz.Сизда қайсики неъмат бўлса, Аллоҳдандир. Сўнгра, қачонки сизга ёмонлик етса, Унгагина ёлворасиз.Alauddin Mansour: Sizlarga berilgan barcha noz-neʼmatlar yolgʻiz Allohdandir. Shuningdek, qachon sizlarga (biron) balo-musibat yetsa ham faqat Ungagina iltijo qilursizlar.Сизларга берилган барча ноз-неъматлар ёлғиз Аллоҳдандир. Шунингдек, қачон сизларга (бирон) бало-мусибат етса ҳам фақат Унгагина илтижо қилурсизлар.

272-sahifa · 14-juz · 28-hizb272-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva qaysikiва қайсикиبِكُمsizdaсиздаمِّن-dan-данنِّعْمَةٍۢneʼmatнеъматفَمِنَbas, -dandirбас, -дандирٱللَّهِ ۖAllohАллоҳثُمَّsoʻngraсўнграإِذَاqachonkiқачонкиمَسَّكُمُsizga yetsaсизга етсаٱلضُّرُّyomonlikёмонликفَإِلَيْهِbas, Ungaginaбас, Унгагинаتَجْـَٔرُونَyolborursizёлборурсиз
TafsirТафсир

Yagona iloh, yagona molik, yagona din egasi boʻlgan zot–Alloh yagona neʼmat berguvchi hamdir. «Sizda qaysiki neʼmat boʻlsa, Allohdandir.» Undan oʻzga hech kim sizga neʼmat bera olmaydi. «Soʻngra, qachonki sizga yomonlik yetsa, Ungagina yolvorasiz.» Ogʻir musiybatga uchragan, qiyin ahvolga tushgan paytingizda insoniy tabiatingiz ila, beixtiyor, Allohga yolbora boshlaysiz.