لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا۟ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga bergan narsalarimizga kufr keltirurlar. Bas, huzurlanib turinglar, tezda bilursiz.Уларга берган нарсаларимизга куфр келтирурлар. Бас, ҳузурланиб туринглар, тезда билурсиз.Alauddin Mansour: Biz ularga ato etgan narsalarga kufroni neʼmat qilishib, (Parvardigorlariga shirk keltirurlar). Bas, (ey mushriklar, toʻrt kunlik dunyoda Biz bergan neʼmatlardan) foydalanib qolinglar. Yaqinda, (yaʼni, Qiyomat Kunida bu shirklaringizning oqibatini) bilursizlar.Биз уларга ато этган нарсаларга куфрони неъмат қилишиб, (Парвардигорларига ширк келтирурлар). Бас, (эй мушриклар, тўрт кунлик дунёда Биз берган неъматлардан) фойдаланиб қолинглар. Яқинда, (яъни, Қиёмат Кунида бу ширкларингизнинг оқибатини) билурсизлар.
Oʻsha shirk keltirganlar oʻzlarining bu ishlari ila «Ularga bergan narsalarimizga kufr keltirurlar».
Bergan neʼmatlarimizning barchasiga, jumladan, balo-ofatdan qutqazish neʼmatiga ham kufr keltirurlar. Noshukrlik qilurlar. Yagona neʼmat berguvchi zotga–Allohga shirk keltirishdan ham ortiq noshukrlik bormi?
«Bas, huzurlanib turinglar, tezda bilursiz.»
Bas, ey, mushriklar, hozircha, oʻzlaringizcha, mazza qilib yashayveringlar. Tezda bu qilmishingizning oqibati nima boʻlishini bilib olasiz.