وَيَجْعَلُونَ لِمَا لَا يَعْلَمُونَ نَصِيبًا مِّمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ ۗ تَٱللَّهِ لَتُسْـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular o`zlari (mohiyatini) bilmagan narsaga Biz ularga bergan rizqdan nasiba ajraturlar. Allohga qasamki, o`zingiz uydirgan yolg`on narsa haqida albatta so`ralursiz.Ва улар ўзлари (моҳиятини) билмаган нарсага Биз уларга берган ризқдан насиба ажратурлар. Аллоҳга қасамки, ўзингиз уйдирган ёлғон нарса ҳақида албатта сўралурсиз.Alauddin Mansour: Ular Biz rizq qilib bergan narsalardan oʻzlari bilmaydigan (yaʼni, johilliklari, bilimsizliklari sababli xudo deb oʻylagan) butlari uchun nasiba ajraturlar. (Ey mushriklar), Alloh nomiga qasamki, albatta sizlar oʻzlaringiz toʻqib-bichib olgan butlaringiz toʻgʻrisida (Qiyomat Kunida) masʼul boʻlursizlar.Улар Биз ризқ қилиб берган нарсалардан ўзлари билмайдиган (яъни, жоҳилликлари, билимсизликлари сабабли худо деб ўйлаган) бутлари учун насиба ажратурлар. (Эй мушриклар), Аллоҳ номига қасамки, албатта сизлар ўзларингиз тўқиб-бичиб олган бутларингиз тўғрисида (Қиёмат Кунида) масъул бўлурсизлар.
Yaʼni, mushriklar oʻzlari asl mohiyatini bilmaydigan butlariga Biz bergan rizqdan nasiba ajratadilar.
Johiliyat paytida mushriklar baʼzi hayvolarni maʼlum bir butlarga atab qoʻyar edilar. Oʻsha hayvon atalgandan soʻng, «Bu falon xudoning nasibasi» deb unga alohida ehtirom ila muomala qilinardi. Oʻsha hayvon minilmas, ustiga yuk yuklanmas, suti ichilmas, goʻshti ham yeyilmas edi. Aslida, u hayvonni ham Alloh taolo insonlarga neʼmat qilib bergan edi. Ammo mushriklar, Allohning bu rizqiga oʻzlaricha yolgʻon uydirib, asl mohiyatini oʻzlari ham bilmaydigan butlariga nasiba qilib qoʻydilar. Bu katta gunohdir. Shuning uchun, ularga xitoban:
«Allohga qasamki, oʻzingiz uydirgan yolgʻon narsa haqida albatta soʻralursiz», deyilmoqda.
Qiyomat kuni bu haqda albatta soʻralishlari taʼkidlanmoqda.