QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят57

وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ ٱلْبَنَـٰتِ سُبْحَـٰنَهُۥ ۙ وَلَهُم مَّا يَشْتَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular qizlarni Allohniki qilishur. U (bundan) pokdir. Ularga esa, ko`ngillari tusagani (emish).Улар қизларни Аллоҳники қилишур. У (бундан) покдир. Уларга эса, кўнгиллари тусагани (эмиш).Alauddin Mansour: Ular: («Farishtalar Allohning qizlari», deyishib), u «qizlar»ni Allohniki qilishadi — U zot (bu boʻhtondan) pokdir — oʻzlarining koʻngillari tusagan narsani (yaʼni, oʻgʻillarni) esa oʻzlariniki (qilib olishdi).Улар: («Фаришталар Аллоҳнинг қизлари», дейишиб), у «қизлар»ни Аллоҳники қилишади — У зот (бу бўҳтондан) покдир — ўзларининг кўнгиллари тусаган нарсани (яъни, ўғилларни) эса ўзлариники (қилиб олишди).

273-sahifa · 14-juz · 28-hizb273-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَجْعَلُونَva qilishadirва қилишадирلِلَّهِAllohnikiАллоҳникиٱلْبَنَـٰتِqizlarniқизларниسُبْحَـٰنَهُۥ ۙU pokdirУ покдирوَلَهُمva ularga esaва уларга эсаمَّاnarsaнарсаيَشْتَهُونَkoʻngillari tusaganкўнгиллари тусаган
TafsirТафсир

Mushriklarning yana bir ulkan nobakorliklari bor: «Ular qizlarni Allohniki qilishur». Mushriklarda «farishtalar Allohning qizlaridir», degan buzuq eʼtiqod bor edi. Ushbu oyatda ularning oʻsha eʼtiqodlari tanqid qilinmoqda. «U (bundan) pokdir.» Alloh «qizi bor» degan aybdan pokdir. Chunki, farzandga muhtoj boʻlish nuqsondir. Allohning hech qanday nuqsoni yoʻqdir. «Ularga esa, koʻngillari tusagani (emish).» Yaʼni, mushriklarga koʻngillari tusagan oʻgʻil farzandlar emish. Johiliyat davrida qiz farzand or-nomus hisoblanar edi. Shuning uchun, mushriklardan hech kim qiz farzand koʻrishni xohlamas edi.