يَتَوَٰرَىٰ مِنَ ٱلْقَوْمِ مِن سُوٓءِ مَا بُشِّرَ بِهِۦٓ ۚ أَيُمْسِكُهُۥ عَلَىٰ هُونٍ أَمْ يَدُسُّهُۥ فِى ٱلتُّرَابِ ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinur. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa ko`msamikin? Ogoh bo`ling! Ular qilgan hukm naqadar yomon.Унга берилган хушхабарнинг ёмонлигидан (уялиб) қавмидан беркинур. У(қиз)ни хорлик-ла олиб қолсамикин ёки тупроққа кўмсамикин? Огоҳ бўлинг! Улар қилган ҳукм нақадар ёмон.Alauddin Mansour: Va u (qizni) xoʻrlagan holida olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (toʻgʻrisida oʻy surib), oʻziga xushxabar berilgan narsaning (yaʼni, qiz koʻrishning) «yomon»ligidan (nomus qilib) odamlardan yashirinib olur. Ogoh bulingizkim, ular (bu qilmishlari bilan) eng yomon (yaʼni, nohaq) hukm chiqarurlar.Ва у (қизни) хўрлаган ҳолида олиб қолиш ёки (тириклай) тупроққа қориш (тўғрисида ўй суриб), ўзига хушхабар берилган нарсанинг (яъни, қиз кўришнинг) «ёмон»лигидан (номус қилиб) одамлардан яшириниб олур. Огоҳ булингизким, улар (бу қилмишлари билан) энг ёмон (яъни, ноҳақ) ҳукм чиқарурлар.
Mushriklarning gumrohligi shu darajadaki, ulardan har biri oilasida qiz farzand tugʻilganini eshitib, bu xabarning yomonligidan uyalib, odamlar koʻzidan berkinib yuradi. Odamlarga koʻrinishni xohlamaydi. Qiz koʻribsan, deb uni mazammat qilishlaridan qoʻrqadi. Oʻsha berkinib yurgan holida, bu qizni nima qilsam ekan, deb oʻylaydi. Oʻzimga or-nomus qilib olib yuraversammikan yoki yerga koʻmib yuborsammikan, deb xayol suradi.
«Ogoh boʻling! Ular qilgan hukm naqadar yomon.»
Ey odamlar, ogoh boʻlinglar! Mushriklarning qiz bola haqidagi hukmlari naqadar yomon. Oʻzlari qiz bolani shunchalik xohlamay turib, qizlarni Allohniki qilishi naqadar yomon.