لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ مَثَلُ ٱلسَّوْءِ ۖ وَلِلَّهِ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning misoli yomon misoldir. A'lo misol Allohnikidir. U Aziyz va Hakiymdir.Охиратга иймон келтирмайдиганларнинг мисоли ёмон мисолдир. Аъло мисол Аллоҳникидир. У Азийз ва Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar eng yomon sifat egalaridir. Alloh esa eng yuksak xislatlar Sohibidir. U qudrat va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Охиратга иймон келтирмайдиган кимсалар энг ёмон сифат эгаларидир. Аллоҳ эса энг юксак хислатлар Соҳибидир. У қудрат ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.
Mazkur mushriklar oxiratga ham iymon keltirmaydilar. Agar oʻsha mushriklarni biror narsaga oʻxshatish lozim boʻlsa, ular eng yomon misollar va eng yomon sifatli narsalarga oʻxshatiladi. Ha, «Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning misoli yomon misoldir». Alloh taologa esa, eng aʼlo misollar, eng aʼlo sifatlar boʻladi. Ha, «Aʼlo misol Allohnikidir». Shu bilan birga, «U aziz va hakiymdir». U gʻolib Zotdir. Hammadan, shu jumladan, mushriklar ustidan ham gʻolibdir. U hikmatli Zotdir. Har bir ishni hikmat ila qiladi. Keyingi oyatda Allohning gʻolibligi va hikmatliligi haqida bir koʻrinish keltiriladi: