QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят61

وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِظُلْمِهِم مَّا تَرَكَ عَلَيْهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَـٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَـْٔخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer yuzida bitta ham jonzotni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan ajaliga qo`yib qo`yur. Qachonki, ajallari kelsa, uni bir soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.Агар Аллоҳ одамларни қилган зулмларига биноан тутганида, ер юзида битта ҳам жонзотни қўймас эди. Лекин уларни белгиланган ажалига қўйиб қўюр. Қачонки, ажаллари келса, уни бир соат орқага ҳам, олдинга ҳам сура олмаслар.Alauddin Mansour: Agar Alloh odamlarni (ular qilgan har qanday) zulm-zoʻravonliklari bilan ushlaganida (azoblaganida) Yer yuzida biron jonivorni qoʻymagan boʻlur edi. Lekin U zot ularni maʼlum muddatgacha qoʻyib qoʻyar. Bas, qachon ularning ajallari yetib kelganida esa uni biron soat ketga ham sura olmaydilar, muqaddam ham qila olmaydilar.Агар Аллоҳ одамларни (улар қилган ҳар қандай) зулм-зўравонликлари билан ушлаганида (азоблаганида) Ер юзида бирон жониворни қўймаган бўлур эди. Лекин У зот уларни маълум муддатгача қўйиб қўяр. Бас, қачон уларнинг ажаллари етиб келганида эса уни бирон соат кетга ҳам сура олмайдилар, муқаддам ҳам қила олмайдилар.

273-sahifa · 14-juz · 28-hizb273-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарيُؤَاخِذُtutganidaтутганидаٱللَّهُAllohАллоҳٱلنَّاسَodamlarniодамларниبِظُلْمِهِمqilgan zulmlariga binoanқилган зулмларига биноанمَّاemasэмасتَرَكَqoʻyar ediқўяр эдиعَلَيْهَاuning (yer) ustidaунинг (ер) устидаمِنbirorбирорدَآبَّةٍۢjonzotжонзотوَلَـٰكِنlekinлекинيُؤَخِّرُهُمْularni qoʻyib qoʻyurуларни қўйиб қўюрإِلَىٰٓ-gacha-гачаأَجَلٍۢajal (muddat)ажал (муддат)مُّسَمًّۭى ۖbelgilanganбелгиланганفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَkelsaкелсаأَجَلُهُمْajallariажаллариلَاemasэмасيَسْتَـْٔخِرُونَorqaga sura olurlarорқага сура олурларسَاعَةًۭ ۖbir soatбир соатوَلَاva emasва эмасيَسْتَقْدِمُونَoldinga sura olurlarолдинга сура олурлар
TafsirТафсир

Alloh taolo insonni yaratadi. Unga jon ato qiladi. Turli aʼzolar, qobiliyatlar va xususiyatlar beradi. Shuningdek, yuqoridagi oyatlarda zikr qilinganidek, sanab sanogʻiga yetib boʻlmaydigan nozu neʼmatlarni beradi. Dunyodagi barcha maxluqotlarni unga beminnat xizmatkor etib qoʻyadi. Tabiiyki, inson shukr qilishi, Allohga iymon keltirib, ibodat qilishi lozim edi. Ammo koʻpchilik shukrni unutadi. Allohga iymon keltirmay, kofir yoki mushrik boʻladi. Unga isyon etadi. Bu ish katta zulmdir. Alloh taolo shirkni «ulkan zulm» degan.

«Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer yuzida bitta ham jonzotni qoʻymas edi.»

Ularning zulmiga yarasha jazolaganida, hammasini halok qilib yuborar edi. Yer yuzida tirik jon qolmasdi.

«Lekin U ularni belgilangan ajaliga qoʻyib qoʻyur.»

Alloh taoloning Oʻzi taqdiri azalda har bir bandaning ajalini belgilab qoʻygan. Oʻsha ajal muddati kelguncha bandalar bu dunyoda yashab turadilar. Odamlar buni tushunmay, shuncha gunohlar qilsak ham, hech narsa boʻlmayapti-ku, deb oʻzlaridan ketadilar. Mutakabbirlik ila koʻproq gunohga–zulmga qoʻl uradilar. Shunday qilib, belgilangan ajalga yetib kelganlarini oʻzlari ham sezmay qoladilar.

«Qachonki ajallari kelsa, uni bir soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.»

Ajal Alloh belgilagan vaqtda keladi. Ularni olib ketadi. Lekin mushriklar buni anglab yetmay, his etmay, turli gunohlarni qilaveradilar.