وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ مَا يَكْرَهُونَ وَتَصِفُ أَلْسِنَتُهُمُ ٱلْكَذِبَ أَنَّ لَهُمُ ٱلْحُسْنَىٰ ۖ لَا جَرَمَ أَنَّ لَهُمُ ٱلنَّارَ وَأَنَّهُم مُّفْرَطُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`zlari yoqtirmagan narsani Allohniki qilurlar. Ularning tillari esa, yolg`ondan o`zlariga go`zal (oqibat) bo`lishini vasf qilur. Hech shubha yo`qki, ularga, albatta, do`zax bo`lur va, albatta, ular unutilganlardir.Улар ўзлари ёқтирмаган нарсани Аллоҳники қилурлар. Уларнинг тиллари эса, ёлғондан ўзларига гўзал (оқибат) бўлишини васф қилур. Ҳеч шубҳа йўқки, уларга, албатта, дўзах бўлур ва, албатта, улар унутилганлардир.Alauddin Mansour: Ular oʻzlari yomon koʻradigan narsalarni (yaʼni, qiz bolalarni) Allohniki deyishib, yana (ularning) tillari oʻzlari uchun chiroyli mukofot — jannat boʻlishi haqida yolgʻon soʻzlarni soʻzlaydi. Shak-shubha yoʻqki, ular doʻzax egalaridir va albatta, ular (doʻzaxga) birinchilar (qatorida tashlanurlar).Улар ўзлари ёмон кўрадиган нарсаларни (яъни, қиз болаларни) Аллоҳники дейишиб, яна (уларнинг) тиллари ўзлари учун чиройли мукофот — жаннат бўлиши ҳақида ёлғон сўзларни сўзлайди. Шак-шубҳа йўқки, улар дўзах эгаларидир ва албатта, улар (дўзахга) биринчилар (қаторида ташланурлар).
Mushriklar asl eʼtiqodlari buzuq boʻlgani uchun har qanday shirk ishlarni qilaveradilar. Xayollariga kelgan mutlaqo mantiqsiz gaplarni ham aytaveradilar. Misol uchun:
«Ular oʻzlari yoqtirmagan narsani Allohniki qilurlar».
Mushriklar qiz farzandni qanchalik yoqtirmasliklarini oldingi oyatlardan bildik. Shu bilan birga, oʻzlari xohlamagan qiz farzandni Alloh taologa nisbat berishlari ajablanarli. Shunchalik ham nodonlik, odobsizlik, mantiqsizlik boʻladimi? Oʻzing ojiz, notavon va iflos bir mushrik boʻla turib, oʻzingga qiz farzand boʻlishini or bilasan-u, barcha oliy sifatlar sohibi, sening va dunyodagi barcha narsalarning xoliqi, ilohi, moliki, roziqi boʻlmish Allohga «Uning qizi bor» deb tuhmat qilasan. «Farishtalar Allohning qizidir», deysan.
Bundan ham ajablanarlisi shuki, mushriklar oʻzlari kofir boʻla turib, turli gunohlarni qilib, qudratli xoliqqa shirk keltirib, yana, «Biz toʻgʻri yoʻldamiz» deb daʼvo qiladilar. Bu haqda tillari biyron-biyron sayraydi.
«Ularning tillari esa, yolgʻondan oʻzlariga goʻzal (oqibat) boʻlishini vasf qilur.»
Yaʼni, biz toʻgʻri yoʻldamiz, bizning oqibatimiz goʻzal boʻladi, deb lof uradilar. Lekin ularning bu gaplari ham boshqa gaplari kabi gʻirt yolgʻondir. Ularning oqibatlari goʻzal boʻlmaydi.
«Hech shubha yoʻqki, ularga, albatta, doʻzax boʻlur va, albatta, ular unutilganlardir.»
Ular mushrik boʻlganlari uchun doʻzaxga eng oldin–birinchilar qatorida kiradilar va oʻsha yerda «unutiladilar».