QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят63

تَٱللَّهِ لَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ أَعْمَـٰلَهُمْ فَهُوَ وَلِيُّهُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga qasamki, Biz sendan oldingi ummatlarga ham (Payg`ambar) yuborganmiz. Bas, shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatdi. U bugun ularning do`stidir. Ularga alamli azob bo`lur.Аллоҳга қасамки, Биз сендан олдинги умматларга ҳам (Пайғамбар) юборганмиз. Бас, шайтон уларга амалларини зийнатлаб кўрсатди. У бугун уларнинг дўстидир. Уларга аламли азоб бўлур.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh nomiga qasamki, darhaqiqat, Biz sizdan ilgari oʻtgan ummatlarga ham paygʻambarlar yuborganimizda, shayton ularga ham oʻzlarining (qabih) amallarini chiroyli qilib koʻrsatgan edi. Chunki u bugun (bu dunyoda) ularning «doʻsti»dir. (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob bordir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ номига қасамки, дарҳақиқат, Биз сиздан илгари ўтган умматларга ҳам пайғамбарлар юборганимизда, шайтон уларга ҳам ўзларининг (қабиҳ) амалларини чиройли қилиб кўрсатган эди. Чунки у бугун (бу дунёда) уларнинг «дўсти»дир. (Охиратда эса) улар учун аламли азоб бордир.

273-sahifa · 14-juz · 28-hizb273-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَٱللَّهِAllohga qasamkiАллоҳга қасамкиلَقَدْalbattaалбаттаأَرْسَلْنَآBiz yuborganmizБиз юборганмизإِلَىٰٓ-ga-гаأُمَمٍۢummatlarумматларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldingiсендан олдингиفَزَيَّنَbas, ziynatlab koʻrsatdiбас, зийнатлаб кўрсатдиلَهُمُulargaуларгаٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонأَعْمَـٰلَهُمْamallariniамаллариниفَهُوَbas, uбас, уوَلِيُّهُمُularning doʻstidirуларнинг дўстидирٱلْيَوْمَbugunбугунوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌazob boʻlurазоб бўлурأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Oyati karimadagi xitob Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan boʻlib, Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamni qavmlaridagi mushriklarning mantiqsiz gap- soʻzlari, botil eʼtiqodlari va iflos qilmishlaridan ajablanmaslikka chaqirmoqda. Chunki, bunday nomaʼqulchilikni faqat bular qilayotgani yoʻq, ulardan oldin ham mushriklar boʻlgan.

«Allohga qasamki, Biz sendan oldingi ummatlarga ham (Paygʻambar) yuborganmiz.»

Oʻsha Paygʻambarlar ham senga oʻxshab, qavmlariga Bizning taʼlimotlarimizni yetkazganlar. Ularning qavmlari ham sening qavmingga oʻxshab, ularni inkor etganlar, shirk keltirganlar va boʻlmagʻur eʼtiqodlar hamda noloyiq amallarni qilganlar.

«Bas, shayton ularga amallarini ziynatlab koʻrsatdi.»

Mushriklarni igʻvo qilib, ularga buzuq eʼtiqod va gunoh ishlarni toʻgʻri deb koʻrsatdi. Ular shu tufayli oʻzlarining buzuq eʼtiqod va ishlarida bardavom boʻldilar.

«U bugun ularning doʻstidir.»

Shayton bu dunyoda mushrik-kofirlarning doʻstidir. Ular uning aytganini qiladilar. Oxiratda esa:

«Ularga alamli azob boʻlur».

Soʻngra, Alloh Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitobni davom ettirib, shunday deydi: