وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ إِلَّا لِتُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِى ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ ۙ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga kitobni, faqat, ularga o`zlari ixtilof qilgan narsalarni bayon qilishing uchun, iymon keltiradigan qavmlarga hidoyat va rahmat etib nozil etdik, xolos.Биз сенга китобни, фақат, уларга ўзлари ихтилоф қилган нарсаларни баён қилишинг учун, иймон келтирадиган қавмларга ҳидоят ва раҳмат этиб нозил этдик, холос.Alauddin Mansour: Biz sizga iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat boʻlgan bu Kitob — Qurʼonni faqat ularga oʻzlari ixtilof etayotgan narsalarni bayon qilib berishingiz uchungina nozil qildik.Биз сизга иймон келтирган қавм учун ҳидоят ва раҳмат бўлган бу Китоб — Қуръонни фақат уларга ўзлари ихтилоф этаётган нарсаларни баён қилиб беришингиз учунгина нозил қилдик.
Ha, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼoni Karimni turli xalqlarning haq va botil, iymon va kufr, yaxshilik va yomonlik hamda boshqa narsalar ustidagi ixtiloflarini bayon etib berish uchun nozil qildi.
Ha, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼoni Karimni moʻminlarga hidoyat mayogʻi va Oʻz rahmati oʻlaroq tushirdi.
Odamlarning oʻlik qalblarini tiriltirish niyatida Qurʼon indirgan Alloh dunyodagi boshqa oʻlik narsalarni tiriltirish uchun osmondan rahmat yomgʻirini yogʻdirgan Zotdir. Bu va bundan keyingi oyatlarda vasf qilinadigan boshqa ishlarda Alloh taoloning yagona iloh ekanligiga dalolat qiluvchi belgilar bordir: