QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят65

وَٱللَّهُ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmondan suv tushirib, u ila yerni o`limidan keyin tiriltirdi. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir.Аллоҳ осмондан сув тушириб, у ила ерни ўлимидан кейин тирилтирди. Албатта, бунда эшитадиган қавмлар учун оят — белгилар бордир.Alauddin Mansour: Alloh osmondan suv (yomgʻir) yogʻdirib, uning yordamida oʻlik yerni tiriltirdi. Albatta, bu ishda (vaʼz nasihatga) quloq tutadigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.Аллоҳ осмондан сув (ёмғир) ёғдириб, унинг ёрдамида ўлик ерни тирилтирди. Албатта, бу ишда (ваъз насиҳатга) қулоқ тутадиган қавм учун оят-ибрат бордир.

274-sahifa · 14-juz · 28-hizb274-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳأَنزَلَtushirdiтуширдиمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонمَآءًۭsuvсувفَأَحْيَاbas, tiriltirdiбас, тирилтирдиبِهِu ilaу илаٱلْأَرْضَyerniерниبَعْدَkeyinкейинمَوْتِهَآ ۚoʻlimidanўлимиданإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَةًۭoyat-belgilar bordirоят-белгилар бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَسْمَعُونَeshitadiganэшитадиган
TafsirТафсир

Suv boʻlmasa, yer yuzida hayot ham boʻlmaydi. Alloh taolo yerdagi hamma narsani muhayyo qilsa-yu, suv bermasa, hayot yoʻq. Oʻsha mavjud narsalarning birortasini Allohdan boshqa hech kim bera olmaydi. Ammo, bu oʻrinda Alloh yer yuzida yaratgan butun mavjudotni emas, balki birgina suvni olaylik.

«Alloh osmondan suv tushirib, u ila yerni oʻlimidan keyin tiriltirdi.»

Yer oʻlik boʻlsa, yer yuzidagi narsalar ham jonsiz boʻladi. Yer tirilishi bilan uning ustidagi hamma narsalarga jon kiradi. Demak, suv hamma narsaga hayot bagʻishlaydi. Suvni esa, faqatgina Alloh taolo tushira oladi. Hamma narsaga hayotni faqat Allohgina bera oladi. Demak, hamma narsaga maʼbud boʻlishga faqat Allohgina haqlidir.

«Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.»

Eshitganidan ibrat oladigan qavmlar uchun mazkur narsada Allohning ibodatga sazovor yagona Zot ekaniga doir belgi, alomat bordir. Shuningdek: