وَمِن ثَمَرَٰتِ ٱلنَّخِيلِ وَٱلْأَعْنَـٰبِ تَتَّخِذُونَ مِنْهُ سَكَرًا وَرِزْقًا حَسَنًا ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va go`zal rizq olursiz. Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat — belgi bordir.Ва хурмо ва узумларнинг меваларидан маст қилувчи нарса ва гўзал ризқ олурсиз. Албатта, бунда ақл юритгувчилар учун оят — белги бордир.Alauddin Mansour: Sizlar mast qilguvchi (aroqni) ham, goʻzal — halol rizq(ning oʻzini) ham xurmo va uzumlarning mevalaridan olursizlar. Albatta, bunda ham aql yuritadigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.Сизлар маст қилгувчи (ароқни) ҳам, гўзал — ҳалол ризқ(нинг ўзини) ҳам хурмо ва узумларнинг меваларидан олурсизлар. Албатта, бунда ҳам ақл юритадиган қавм учун оят-ибрат бордир.
Xurmo va uzumlarni ham Alloh taoloning Oʻzi yaratgan. Eʼtibor qilgan odam ularda ham ulkan ilohiy moʻʼjizalarni koʻradi. Hozir u moʻʼjizalarni bir tomonga qoʻyib turaylik-da, ushbu oyatda zikr qilingan narsaga eʼtibor beraylik.
«...xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va goʻzal rizq olursiz.»
Xurmoning ham, uzumning ham mevasi bor. Oʻsha mevaga maʼlum bir usulda ishlov berilsa, undan mast qiluvchi ichimlik olinadi. Yana oʻsha mevaning oʻzidan boshqacharoq yoʻsinda yaxshi rizq olish ham mumkin. Bu mevaga bunday qobiliyatni–turli holatni qabul qilish isteʼdodini kim berdi? Albatta, Alloh taolo berdi.
«Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat – belgi bordir.»
Bu narsalarning moʻʼjizaligini, ularni yaratgan zot–Allohning Oʻzigina ibodatga sazovor maʼbudligiga belgi ekanini tushunib yetish uchun aql boʻlishi lozim. Ana shu aql egalari xurmo va uzumlar mevasidan mast qiluvchi ichimlik emas, yaxshi rizq olishga harakat qiladi.
Ushbu oyati karima Qurʼoni Karimda mast qiluvchi ichimlik haqida nozil boʻlgan toʻrt oyatning birinchisidir. Koʻrinib turibdiki, bu oyatda mast qiluvchi ichimlik haqida muayyan bir hukm yoʻq. Ammo, uning yaxshi rizqqa qiyosan yomon ekaniga ishora bor. Bu ishora musulmonlar ichida mast qiluvchi ichimlikka qarshi Qurʼoniy targʻibotning boshlanishidir.
Kelgusi oyati karimalarda Alloh taoloning qudrati, hikmatiga dalil va bandalar ibrat olishi lozim boʻlgan narsalardan biri haqida soʻz ketadi.