وَأَوْحَىٰ رَبُّكَ إِلَى ٱلنَّحْلِ أَنِ ٱتَّخِذِى مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا وَمِنَ ٱلشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing asalariga: «Tog`lardan, daraxtlardan va ko`tarilgan so`ritoklardan uy tutgin.Роббинг асаларига: «Тоғлардан, дарахтлардан ва кўтарилган сўритоклардан уй тутгин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringiz asalariga vahiy — amr qildi: «Togʻlarga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solgin.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингиз асаларига ваҳий — амр қилди: «Тоғларга, дарахтларга ва (одамлар) қурадиган инларга уя солгин.
Alloh taoloning hayvonotlarga, jumladan, asalariga vahiy qilishi unga ilhom berishi hisoblanadi. Alloh taolo asalarini yaratganda unga bir his-tuygʻu hamda ilhomni qoʻshib bergani uchun, u koʻpgina aqlli insonlar qila olmaydigan aniqlik bilan oʻziga topshirilgan ishni bajaradi. Jumladan, togʻlardan, daraxtlardan va odamlar koʻtarib qoʻygan soʻritok kabi narsalardan oʻziga uy tutadi.