QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят69

ثُمَّ كُلِى مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ فَٱسْلُكِى سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلًا ۚ يَخْرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ فِيهِ شِفَآءٌ لِّلنَّاسِ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo`ygan yo`llardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat — belgi bordir.Сўнгра ҳамма мевалардан егин. Бас, Роббинг осон қилиб қўйган йўллардан юргин», деб ваҳий қилди. Уларнинг қоринларидан турли рангдаги шароб чиқар. Унда одамлар учун шифо бордир. Албатта, бунда тафаккур қилувчилар учун оят — белги бордир.Alauddin Mansour: Soʻngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson-qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin!» Uning qornidan odamlar uchun shifo boʻlgan alvon rangli ichimlik-asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.Сўнгра турли мевалардан еб, Парвардигоринг (сен учун) осон-қулай қилиб қўйган йўллардан юргин!» Унинг қорнидан одамлар учун шифо бўлган алвон рангли ичимлик-асал чиқур. Албатта, бу ишда тафаккур қиладиган қавм учун оят-ибрат бордир.

274-sahifa · 14-juz · 28-hizb274-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграكُلِىyeginегинمِن-dan-данكُلِّhammaҳаммаٱلثَّمَرَٰتِmevalarмеваларفَٱسْلُكِىbas, yurginбас, юргинسُبُلَyoʻllaridanйўллариданرَبِّكِRobbingРоббингذُلُلًۭا ۚoson qilib qoʻyganосон қилиб қўйганيَخْرُجُchiqarчиқарمِنۢ-dan-данبُطُونِهَاularning qorinlariуларнинг қоринлариشَرَابٌۭsharobшаробمُّخْتَلِفٌturliтурлиأَلْوَٰنُهُۥrangdagiрангдагиفِيهِundaундаشِفَآءٌۭshifo bordirшифо бордирلِّلنَّاسِ ۗodamlar uchunодамлар учунإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَةًۭoyat-belgi bordirоят-белги бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَتَفَكَّرُونَtafakkur qiluvchiтафаккур қилувчи
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Allohning asalariga vahiysi hamda bergan ilhomining davomi kelmoqda. Alloh asalariga faqat uya qurishnigina emas, balki boshqa narsalarni ham ilhom qilgandir:

«Soʻngra, hamma mevalardan yegin».

Uyani qurib qoʻyib, mevalardan yemoq ham asalariga Alloh tomonidan ilhom qilingan. Shuning uchun, u boshqa hayvonlarga oʻxshab turmaydi, toʻgʻridan-toʻgʻri meva gullari tomon uchib ketadi va uni yemoqqa kirishadi.

«Bas, Robbing oson qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin», deb vahiy qildi.»

Alloh asalariga oʻsha mevalarni, ularning gullarini topish yoʻllarini oson qilib qoʻygan. Odamzot topa olmaydigan joyda boʻlsa-da, asalari bir zumda ularni topib boradi. Hamda oʻsha meva va gullarni yeydi.

«Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar.»

Asalarining qornidan chiqadigan asallarning rangi turli boʻlishi bejiz emas.

«Unda odamlar uchun shifo bordir.»

Oʻsha asalarining qornidan chiqqan turli rangli sharobda odamlar uchun shifo bordir. Ushbu Qurʼoniy haqiqat tib ilmi rivojlangan sari yanada aniqroq oydinlashib bormoqda.

«Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat – belgi bordir.»

Asalarining hayot tarzi, ularning uy qurishi, borib meva va gullarni yeb kelib, asal qilishlari va oʻsha asal odamlar uchun shifo boʻlishi kabi hodisalarda katta moʻʼjizalar bor.

Buni asalarichilardan yoki asalarilar haqida yozilgan kitoblardan batafsil oʻrgangan odam Allohning biru borligiga, ibodatga sazovor yagona ilohu maʼbud ekanligiga koʻplab oyat-belgilar topadi. Faqat, bu belgilarni topish uchun tafakkur boʻlishi shart. Tafakkursiz odamlar avvalgidek mushrik holida yuraveradi.

Hamasr ulamolarimizdan baʼzilari asalari va unga oʻxshash baʼzi hayvonlarga Alloh taolo tomonidan «vahiy qilinishi»–ularning daqiq ishlarga yoʻllab turilishi Alloh tomonidan Paygʻambarlarga vahiy yuborilishi oson ish ekaniga yaqqol dalildir, deydilar. Alloh kichik bir hasharotga «vahiy qilishi» sobit boʻlgandan keyin, Oʻshal Buyuk zotning Oʻzining yer yuzidagi xalifasi, Oʻzi yaratgan maxluqotlarning gultoji, odamlar ichidan tanlab olgan eng yaxshisiga vahiy yuborishi juda ham osondir.

Chorva hayvonlari, sut, mevalar, asalari va asal zikr qilib boʻlinganidan keyin, kelasi oyatlarda insonning oʻziga eʼtibor tortiladi: