QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят70

وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ ثُمَّ يَتَوَفَّىٰكُمْ ۚ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَىْ لَا يَعْلَمَ بَعْدَ عِلْمٍ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarni yaratgandir. So`ngra, U sizlarni vafot ettiradir. Sizlardan ba'zilar bilimli bo`lgandan so`ng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir.Аллоҳ сизларни яратгандир. Сўнгра, У сизларни вафот эттирадир. Сизлардан баъзилар билимли бўлгандан сўнг, ҳеч нарса билмаслиги учун, умрнинг энг заифлигига қайтариладир. Албатта, Аллоҳ билгувчи ва қодирдир.Alauddin Mansour: Sizlarni Alloh yaratgandir. Soʻngra joningizni ham Uning Oʻzi olur. Sizlarning orangizda (yoshlikdagi goʻzal-totli hayotdan keksalik paytidagi) eng tuban kun koʻrishga (yaʼni, oʻz-oʻzini boshqara olmaydigan holatga) qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining barchasini unutib yuboradigan kishilar ham bordir. Albatta, Alloh bilguvchi va qudratlidir.Сизларни Аллоҳ яратгандир. Сўнгра жонингизни ҳам Унинг Ўзи олур. Сизларнинг орангизда (ёшликдаги гўзал-тотли ҳаётдан кексалик пайтидаги) энг тубан кун кўришга (яъни, ўз-ўзини бошқара олмайдиган ҳолатга) қайтарилиб, илгари билган нарсаларининг барчасини унутиб юборадиган кишилар ҳам бордир. Албатта, Аллоҳ билгувчи ва қудратлидир.

274-sahifa · 14-juz · 28-hizb274-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳخَلَقَكُمْsizlarni yaratgandirсизларни яратгандирثُمَّsoʻngraсўнграيَتَوَفَّىٰكُمْ ۚsizlarni vafot ettiradirсизларни вафот эттирадирوَمِنكُمva sizlardanва сизларданمَّنbaʼzilarбаъзиларيُرَدُّqaytariladirқайтариладирإِلَىٰٓ-ga-гаأَرْذَلِeng zaifligigaэнг заифлигигаٱلْعُمُرِumrningумрнингلِكَىْuchunучунلَاemasэмасيَعْلَمَbilurбилурبَعْدَsoʻngсўнгعِلْمٍۢbilimli boʻlgandanбилимли бўлганданشَيْـًٔا ۚhech narsaҳеч нарсаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌۭbilguvchiбилгувчиقَدِيرٌۭva qodirdirва қодирдир
TafsirТафсир

Odamlarni yaratgan zot Allohdir. Shuning uchun ham, inson Yaratguvchisiga shukrda, iymonda va ibodatda boʻlmogʻi lozimdir. Lekin koʻpchilik bunday qilmaydi. Noshukr, kofir va osiy boʻladi. Hamma bilib qoʻyishi lozimki:

«Soʻngra, U sizlarni vafot ettiradir».

Tabiiyki, vafot ettirgan Zot hisob-kitob ham qiladi. Oʻlimdan oldin bunga ham tayyor boʻlish kerak.

«Sizlardan baʼzilar bilimli boʻlgandan soʻng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir.»

Buni ham oʻylab qoʻyish lozim. Agar ishlar insonning istagicha boʻlsa, odamzot oʻlimni xohlamagandek, qarib-chirib, aqli-hushi ketib, hech narsaga yaramaydigan boʻlib qolishni ham hech istamasligi aniq. Ammo oʻlim ham, qarilik ham undan soʻramay keladi. Insonlar oʻlimdan vaʼz-nasihat olgandek, qarilikdan ham oʻzlariga pand-nasihat olishlari lozim.

«Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir.»

U zot hamma narsani bilib qiladi. U zotning hamma narsaga qudrati yetadi.