QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят71

وَٱللَّهُ فَضَّلَ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ فِى ٱلرِّزْقِ ۚ فَمَا ٱلَّذِينَ فُضِّلُوا۟ بِرَآدِّى رِزْقِهِمْ عَلَىٰ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُمْ فَهُمْ فِيهِ سَوَآءٌ ۚ أَفَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh rizqda ba'zingizni ba'zingizdan afzal qildi. Bas, afzal qilinganlar o`z rizqlarini qo`llarida mulk bo`lganlarga, hamma teng bo`lsin deb, beruvchi emaslar-ku. Allohning ne'matini inkor qiladilarmi?!Аллоҳ ризқда баъзингизни баъзингиздан афзал қилди. Бас, афзал қилинганлар ўз ризқларини қўлларида мулк бўлганларга, ҳамма тенг бўлсин деб, берувчи эмаслар-ку. Аллоҳнинг неъматини инкор қиладиларми?!Alauddin Mansour: Alloh ayrimlaringizdan ayrimlaringizni rizqda ustun qilib qoʻydi. Bas, bu (rizqda) ustun qilingan kishilar oʻzlarining rizqlarini qoʻl ostidagi qullariga qaytarib (boy-kambagʻallikda) barchalari barobar boʻlib olmaydilar-ku! (Shunday boʻlgach, qandoq qilib barchaga rizqu roʻz ato etguvchi Alloh taologa qoʻlidan hech ish kelmaydigan butlarni barobar qiladilar?!) Allohning neʼmatini inkor qilurlarmi?! (Yaʼni, Yaratganning Oʻzi ato etgan rizqu roʻzni inkor qilishib, bu neʼmatlarni oʻsha jonsiz butlar bergan, deb oʻylaydilarmi?!)Аллоҳ айримларингиздан айримларингизни ризқда устун қилиб қўйди. Бас, бу (ризқда) устун қилинган кишилар ўзларининг ризқларини қўл остидаги қулларига қайтариб (бой-камбағалликда) барчалари баробар бўлиб олмайдилар-ку! (Шундай бўлгач, қандоқ қилиб барчага ризқу рўз ато этгувчи Аллоҳ таолога қўлидан ҳеч иш келмайдиган бутларни баробар қиладилар?!) Аллоҳнинг неъматини инкор қилурларми?! (Яъни, Яратганнинг Ўзи ато этган ризқу рўзни инкор қилишиб, бу неъматларни ўша жонсиз бутлар берган, деб ўйлайдиларми?!)

274-sahifa · 14-juz · 28-hizb274-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳفَضَّلَafzal qildiафзал қилдиبَعْضَكُمْbaʼzingizniбаъзингизниعَلَىٰ-dan-данبَعْضٍۢbaʼzingizdanбаъзингизданفِى-da-даٱلرِّزْقِ ۚrizqdaризқдаفَمَاbas, emasбас, эмасٱلَّذِينَkimsalarкимсаларفُضِّلُوا۟afzal qilinganlarафзал қилинганларبِرَآدِّىqaytarib beruvchilardirқайтариб берувчилардирرِزْقِهِمْoʻz rizqlariniўз ризқлариниعَلَىٰ-ga-гаمَاkimsalargaкимсаларгаمَلَكَتْmulk boʻlganмулк бўлганأَيْمَـٰنُهُمْqoʻllariқўллариفَهُمْbas, ularбас, уларفِيهِundaундаسَوَآءٌ ۚtengтенгأَفَبِنِعْمَةِaxir, neʼmatini-miахир, неъматини-миٱللَّهِAllohningАллоҳнингيَجْحَدُونَinkor qiladilarинкор қиладилар
TafsirТафсир

Suraning avvalidan buyon koʻplab oyatlarda Alloh taolo odamlarga hadsiz-hisobsiz, sonsiz-sanoqsiz neʼmat–rizq bergani taʼkidlanib kelmoqda edi. Ushbu oyatda oʻsha rizq hammaga bir xil berilmagani aytilyapti:

«Alloh rizqda baʼzingizni baʼzingizdan afzal qildi».

Bu haqiqat shubhasiz va ravshandir. Bandalarga rizq berilishi ham Alloh taolo belgilab qoʻygan qonun-qoida asosida boʻladi. Baʼzi odamlar oʻta aqlli, olim va mutafakkir boʻladi. Ammo rizq masalasida hollariga havas qilib boʻlmaydi. Ehtimol, oʻsha olim barcha qobiliyatini ilmga sarflab, rizq-roʻz topish borasida hech narsaga sohib boʻlmagandir. Buning aksicha, baʼzi odamlar sodda, uncha zakiy ham boʻlmaydi. Ammo molu mulk topishda ustasi farang boʻladi. Gohida Alloh oz yoki koʻp rizq berib, bandalarini sinashi ham mumkin.

Mazkur oyatlar tushgan paytda oʻsha yerlarda shu holat maʼlum va mashhur boʻlgan. Shu bilan birga, keyingi jumlada bayon qilinadigan holat ham bor edi.

«Bas, afzal qilinganlar oʻz rizqlarini qoʻllarida mulk boʻlganlarga, hamma teng boʻlsin deb, beruvchi emaslar-ku».

Boylar qullariga qoʻllaridagi molu mulkni, hamma teng boʻlsin deb, berib qoʻymaydilar-ku! Ha, bermaydilar. Bunda mushriklarning notoʻgʻri ishlariga ishorat bor. Yuqoridagi oyatlarda aytib oʻtilganidek, mushriklar Alloh ularga bergan neʼmatlardan baʼzilarini butlarga atar edilar. Nima uchun Alloh bergan rizqni qoʻllaridagi qullarga bermasdan butlarga beradilar? Bu noshukrlik emasmi? Bu, Alloh bergan rizqni notoʻgʻri tasarruf qilish emasmi? Nima, u mushriklar:

«Allohning neʼmatini inkor qiladilarmi?!»

Alloh ularga bergan neʼmatni oʻzlari olmay butlarga beradilarmi?

Axir oʻylab koʻrmaysizlarmi?!