وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا وَجَعَلَ لَكُم مِّنْ أَزْوَٰجِكُم بَنِينَ وَحَفَدَةً وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ ۚ أَفَبِٱلْبَـٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَتِ ٱللَّهِ هُمْ يَكْفُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarga o`zlaringizdan juft(halol)lar qildi va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi hamda sizlarga pok rizqlarni berdi. Botilga iymon keltiradilar-u, Allohning ne'matiga kufr keltiradilarmi?!Аллоҳ сизларга ўзларингиздан жуфт(ҳалол)лар қилди ва сизларга жуфтларингиздан болалар ва набиралар қилди ҳамда сизларга пок ризқларни берди. Ботилга иймон келтирадилар-у, Аллоҳнинг неъматига куфр келтирадиларми?!Alauddin Mansour: Alloh sizlar uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun bolalar, nabiralar paydo qildi va sizlarni halol-pok rizqlardan bahramand etdi. Bas, ular botil butlarga iymon keltirib, Allohning neʼmatiga kofir boʻlurlarmi?!Аллоҳ сизлар учун ўзларингиздан жуфтлар яратиб, жуфтларингиздан сизлар учун болалар, набиралар пайдо қилди ва сизларни ҳалол-пок ризқлардан баҳраманд этди. Бас, улар ботил бутларга иймон келтириб, Аллоҳнинг неъматига кофир бўлурларми?!
Oyati karimada jon, jufti halol, farzand va nabira kabi neʼmatlar haqida soʻz ketmoqda.
Bu orqali oʻsha ulugʻ neʼmatlarni berishga yagona Allohning Oʻzi haqli ekani taʼkidlanadi. Shuningdek, Alloh taolo mazkur neʼmatlardan bahramand boʻlgan bandalarning yagona ilohi–maʼbudi boʻlishga ham haqli ekaniga ishorat qilinadi.
«Alloh sizlarga oʻzlaringizdan juft(halol)lar qildi.»
Alloh sizlarni er-xotin boʻlib, juft boʻlib yashaydigan qildi. Oʻsha jufti halolni oʻzingizdan yaratdi. Erni ham, xotinni ham bir jinsdan qildi. Birini yuqori, boshqasini past jinsdan yaratgani yoʻq. Balki ikkisi ham inson, ikkisi ham Allohning bandasi oʻlaroq yaratildi. Bu ulkan neʼmatdir. Erkaklar uchun ayollarni yoki ayollar uchun erkaklarni yaratib bermaganida nima boʻlar edi? Erkaklarga erkaklik, ayollarga ayollik xususiyatini bergan kim? Ularni bir oilada yashab farzand koʻrish baxtiga muyassar qilgan kim?
«...va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi.»
Allohning bandasiga farzand berishi ulkan neʼmatdir. Shuningdek, jigargoʻshasining farzandini koʻrish, yaʼni, nabirali boʻlish ham ulkan neʼmat hisoblanadi.
Insonga bolani va nabirani faqat Alloh taologina beradi. Insonning oʻzi bola yoki nabirani xohlagan paytida yaratib oladi, degan gapning mantiqsizligini hech bir inson, hatto, mushriku kofirlar ham inkor qilmaydi. Ammo, bugungi kunda sunʼiy ravishda homilador boʻlayotganlar esa, Alloh yaratib qoʻygan qonun-qoidalardan foydalanmoqdalar, xolos.
Alloh insonni, avvalo, jonsiz tuproqdan yaratdi. Keyin esa, nutfa (sperma) orqali koʻpayishini qonunlashtirib qoʻydi. Faqat, bu koʻpayish halol-pok yoʻl bilan boʻlishi shartligini Oʻz kitobida alohida taʼkidlab ham qoʻydi. Demak, inson oʻziga halol juft, bola va nabiralar bergan Alloh taologa iymon keltirib, Ungagina ibodat qilib yurmogʻi lozim. Aks holda, noshukrlik boʻladi.
«...hamda sizlarga pok rizqlarni berdi.»
Alloh insonga pokiza rizq berguvchi yagona Zotdir. Undan bosh- qa rizq berguvchi zot yoʻq. Demak, bu oʻrinda ham inson Alloh taologa iymon keltirib, Ungagina ibodat qilmogʻi lozim. Lekin odamlarning koʻpi, buning teskarisi oʻlaroq, Allohga kufr va shirk keltiradilar, isyon va gunoh qiladilar. Allohning taʼlimotlariga amal etmasdan, Uning aytganlarini bajarmasdan, Unga turli boʻlmagʻur butu sanamni, tabiatdagi mavjudotlar, hayvonotlar, odamlar va tuzumlarni sherik etadilar. Nima uchun shunday qiladilar?!
«Botilga iymon keltiradilar-u, Allohning neʼmatiga kufr keltiradilarmi?»