وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَهُمْ رِزْقًا مِّنَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ شَيْـًٔا وَلَا يَسْتَطِيعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Allohdan o`zga — ularga osmonlaru yerdan hech bir rizqqa molik bo`la olmaydigan va hech narsaga qodir bo`la olmaydigan — narsalarga ibodat qilurlarmi?Ва Аллоҳдан ўзга — уларга осмонлару ердан ҳеч бир ризққа молик бўла олмайдиган ва ҳеч нарсага қодир бўла олмайдиган — нарсаларга ибодат қилурларми?Alauddin Mansour: Va Allohni qoʻyib, ular uchun osmonlar va Yerdan biron narsani rizq qilib bera olmaydigan, hech narsaga qodir boʻlmaydigan butlarga ibodat qilurlarmi?!Ва Аллоҳни қўйиб, улар учун осмонлар ва Ердан бирон нарсани ризқ қилиб бера олмайдиган, ҳеч нарсага қодир бўлмайдиган бутларга ибодат қилурларми?!
Inson shunchalik ham aynib, shunchalik ham notoʻgʻri yoʻllarga kirib ketadimi? Oʻzini yaratgan Zotni, unga oʻz jinsidan jufti halol yaratib bergan Zotni, unga bolalaru nabiralar hamda pok rizqlar ato etgan Zotni qoʻyib, boshqaga ibodat qiladimi?
Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan oʻsha narsasi nima ekanini oʻylab koʻrmaydimi? Nima uchun unga sigʻinyapti, oʻzi? Axir, sigʻinayotgan narsasi unga biror rizqni bera olmaydi-ku?! U narsa rizq ham, neʼmat ham berishga qodir emas-ku! Xoʻsh, rizq berishga qodir boʻlmagan, hech bir rizq bera olmaydigan narsaga nima uchun ibodat qiladi?!
Ey, mushriklar!