۞ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا عَبْدًا مَّمْلُوكًا لَّا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَىْءٍ وَمَن رَّزَقْنَـٰهُ مِنَّا رِزْقًا حَسَنًا فَهُوَ يُنفِقُ مِنْهُ سِرًّا وَجَهْرًا ۖ هَلْ يَسْتَوُۥنَ ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh hech narsaga qodir bo`lmaydigan mamluk — qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va o`shandan maxfiy va oshkora infoq qiladigan kimsani misol keltiradi. Ular teng bo`lurlarmi? Hamdu sano Allohgadir. Lekin ko`plari bilmaslar.Аллоҳ ҳеч нарсага қодир бўлмайдиган мамлук — қул билан Биз уни яхши ризқ ила ризқлантирган ва ўшандан махфий ва ошкора инфоқ қиладиган кимсани мисол келтиради. Улар тенг бўлурларми? Ҳамду сано Аллоҳгадир. Лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Alloh bundoq bir misol keltirur: hech narsaga kuchi yetmaydigan egalik (birovga qaram) qul bilan Biz Oʻz tarafimizdan chiroyli moʻl rizq berib, oʻsha rizqdan yashirin yo oshkora infoq-ehson qilayotgan (erkin) bir kishi barobar boʻlurmi? (Bas, nega mushriklar qulga oʻxshagan jonsiz butlarni butun koinotning egasi boʻlgan va uni Oʻzi xohlaganidek tasarruf qiladigan Alloh taologa teng sherik deb biladilar?!) Hamdu sano Allohnikidir (yaʼni, Oʻsha zotgina hamdu sanoga va maʼbudlikka loyiqdir). Lekin ularning koʻplari (buni) bilmaydilar.Аллоҳ бундоқ бир мисол келтирур: ҳеч нарсага кучи етмайдиган эгалик (бировга қарам) қул билан Биз Ўз тарафимиздан чиройли мўл ризқ бериб, ўша ризқдан яширин ё ошкора инфоқ-эҳсон қилаётган (эркин) бир киши баробар бўлурми? (Бас, нега мушриклар қулга ўхшаган жонсиз бутларни бутун коинотнинг эгаси бўлган ва уни Ўзи хоҳлаганидек тасарруф қиладиган Аллоҳ таолога тенг шерик деб биладилар?!) Ҳамду сано Аллоҳникидир (яъни, Ўша зотгина ҳамду санога ва маъбудликка лойиқдир). Лекин уларнинг кўплари (буни) билмайдилар.
Ushbu misol oyati karima nozil boʻlgan joydagi arab johiliy jamiyati voqeligidan olingandir.
«Alloh hech narsaga qodir boʻlmaydigan mamluk – qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va oʻshandan maxfiy va oshkoro infoq qiladigan kimsani misol keltiradi.»
Islomni inkor etib, Allohga shirk keltirayotganlarning boshliqlari Qurayshning zodagonlari, boylari edi. U davrdagi boylarning mamluklari–qullari bor edi. Bu qullar egasiga mulk, oʻzlari hech narsaga haqsiz bir jonzot edi. Ularning qiladigan ishi xoʻjayinlarining buyrugʻini bajarishu ular bergan narsani olib, rahmat aytish va tirikchilik oʻtkazish edi. Xoʻjayinlar Alloh ularga bergan molu dunyo, hurlik va turli imkoniyatlar tufayli istagan narsalarini qilar, jumladan, Alloh bergan rizqdan xayr-ehson etar edilar. Bechora qullar esa, xoʻjayinlar ulashgan rizqdan zoʻrgʻa kun oʻtkazganlari uchun, birovga biron narsa berishga qodir emas edilar.
«Ular teng boʻlurlarmi?»
Koʻp rizqu roʻzga ega boʻlib, hammaga xayr-ehson qilayotgan xoʻjayin bilan uning hech narsasi yoʻq quli teng boʻladimi? Albatta, teng emaslar. Demak, hammaning xoliqi va roziqi Alloh taolo bilan hech narsaga qodir boʻlmagan, mushriklar ibodat qilayotgan butlar ham teng boʻla olmaydilar.
Ushbu zarbulmasalni keltirgani uchun
«Hamdu sano Allohgadir».
Hamma bandalar bunday hamdu sanoni tinmay aytishlari kerak.
«Lekin koʻplari bilmaslar».
Endigi oyatda ikkinchi zarbulmasal keltiriladi: