وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا رَّجُلَيْنِ أَحَدُهُمَآ أَبْكَمُ لَا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَىْءٍ وَهُوَ كَلٌّ عَلَىٰ مَوْلَىٰهُ أَيْنَمَا يُوَجِّههُّ لَا يَأْتِ بِخَيْرٍ ۖ هَلْ يَسْتَوِى هُوَ وَمَن يَأْمُرُ بِٱلْعَدْلِ ۙ وَهُوَ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ikki kishini zarbulmasal keltirdi. Birlari soqov, hech narsaga qodir bo`lmas. U o`z xojasiga yukdir. Qayerga yuborsa ham, yaxshilik keltirmas. O`sha odam bilan o`zi to`g`ri yo`lda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi barobar bo`lurmi?Аллоҳ икки кишини зарбулмасал келтирди. Бирлари соқов, ҳеч нарсага қодир бўлмас. У ўз хожасига юкдир. Қаерга юборса ҳам, яхшилик келтирмас. Ўша одам билан ўзи тўғри йўлда туриб, бошқаларни адолатга амр қиладиган киши баробар бўлурми?Alauddin Mansour: Alloh yana ikki kishi haqida misol keltirur: ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan gung-soqovdir. U egasiga ortiqcha yuk boʻlib (egasi) qayerga joʻnatsa, biron yaxshilik-foyda keltirmaydi. Oʻsha kimsa bilan oʻzi Toʻgʻri Yoʻlda boʻlgan holda, (oʻzgalarni ham) adolat-haqiqatga buyuradigan kishi barobar boʻlurmi?! (Hech qachon barobar boʻlmas. U holda nega mushriklar gung-soqov butlarni butun olamni Toʻgʻri Yoʻlga yurishga buyuradigan Alloh taologa teng — sherik deb biladilar?!)Аллоҳ яна икки киши ҳақида мисол келтирур: улардан бири ҳеч нарсага кучи етмайдиган гунг-соқовдир. У эгасига ортиқча юк бўлиб (эгаси) қаерга жўнатса, бирон яхшилик-фойда келтирмайди. Ўша кимса билан ўзи Тўғри Йўлда бўлган ҳолда, (ўзгаларни ҳам) адолат-ҳақиқатга буюрадиган киши баробар бўлурми?! (Ҳеч қачон баробар бўлмас. У ҳолда нега мушриклар гунг-соқов бутларни бутун оламни Тўғри Йўлга юришга буюрадиган Аллоҳ таолога тенг — шерик деб биладилар?!)
Bu zarbulmasaldagi birinchi kishi hech narsaga qodir boʻlmagan soqov, ojiz va notavon kishidir. Xoʻjasiga yuk boʻlishdan boshqa ishga yaramaydi. Uni xojasi qayerga yuborsa ham, biror yaxshilik keltira olmaydi. Bu odam butu sanamga oʻxshaydi. U ham soqov– gapira bilmaydi. Hech qanday yaxshilik ham keltira olmaydi. Birovlarga yuk boʻladi, xolos.
Zarbulmasaldagi ikkinchi odam esa, oʻzi toʻgʻri yoʻlda boʻlishi bilan birga, boshqalarni ham adolatga chaqiradi. Bu, Alloh taolo misolidir.
Kar-soqov va notavon bilan oʻzi toʻgʻri yoʻlda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi hech qachon barobar boʻlmaydi. Shunga oʻxshab, Alloh taolo bilan butlar ham barobar emas.