QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят77

وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَآ أَمْرُ ٱلسَّاعَةِ إِلَّا كَلَمْحِ ٱلْبَصَرِ أَوْ هُوَ أَقْرَبُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning g`ayb(ilm)i Allohnikidir. Soat (qiyomat) ishi esa, ko`z ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.Осмонлару ернинг ғайб(илм)и Аллоҳникидир. Соат (қиёмат) иши эса, кўз очиб-юмгандек ёки ундан ҳам яқинроқдир. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi gʻayb — sirlarni (bilish) Allohga xosdir. Soat — Qiyomat amri (yaʼni, Qiyomatning qoyim boʻlishi) koʻz ochib yumguncha yo undan-da tezdir. Darhaqiqat, Alloh hamma narsaga qodirdir.Осмонлар ва Ердаги ғайб — сирларни (билиш) Аллоҳга хосдир. Соат — Қиёмат амри (яъни, Қиёматнинг қойим бўлиши) кўз очиб юмгунча ё ундан-да тездир. Дарҳақиқат, Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.

275-sahifa · 14-juz · 28-hizb275-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирغَيْبُgʻayb(ilm)iғайб(илм)иٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِ ۚva yerningва ернингوَمَآva emasва эмасأَمْرُishiишиٱلسَّاعَةِsoat(qiyomat)ningсоат(қиёмат)нингإِلَّاmagarмагарكَلَمْحِbir lahzadekбир лаҳзадекٱلْبَصَرِkoʻz (ochib-yumgandek)кўз (очиб-юмгандек)أَوْyokiёкиهُوَuуأَقْرَبُ ۚyaqinroqdirяқинроқдирإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Alloh taoloni inkor etib, unga kufr keltirib, mushrik boʻlib yurgan kimsalar bilib qoʻysinlarki:

«Osmonlaru yerning gʻayb(ilm)i Allohnikidir».

Bandalari uchun gʻayb boʻlgan olamni faqat Alloh taologina biladi. Undan boshqa hech qanday zot gʻaybni bila olmaydi. Osmonlar va yerdagi barcha gʻayblarni faqat Allohgina biladi. Ana oʻsha gʻayb narsalardan eng koʻp soʻraladigani qiyomat kuni boʻlib, uning nomlaridan biri «Soat»dir. Oʻsha Soat qachon kelishi ham faqat Allohning Oʻziga ayondir.

«Soat (qiyomat) ishi esa, koʻz ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir.»

Yaʼni, qiyomat juda yaqin. Uning kelishidan gʻofil qolmang, tayyorgarligingizni koʻring. U juda ham tez boʻlib qolishi mumkin. Alloh taolo «Boʻl!» desa, bas. Bir zumda, koʻz-ochib yumguncha yoki undan ham tezroq boʻlishi mumkin. Bunga hech shubhalanmay, tayyorgarligingizni koʻring.

«Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.»

Jumladan, qiyomatni qoim qilishga ham.