QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят78

وَٱللَّهُ أَخْرَجَكُم مِّنۢ بُطُونِ أُمَّهَـٰتِكُمْ لَا تَعْلَمُونَ شَيْـًٔا وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَـٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۙ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, ko`zlar va dillarni berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.Аллоҳ сизни оналарингиз қорнидан ҳеч нарса билмайдиган ҳолингизда чиқарди. У сизга қулоқ, кўзлар ва дилларни берди. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni onalaringiz qornidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukr qilishingiz uchun sizlarga kuloq, koʻzlar va dillarni berdi.Аллоҳ сизларни оналарингиз қорнидан бирон нарса билмаган ҳолингизда чиқарди ва шукр қилишингиз учун сизларга кулоқ, кўзлар ва дилларни берди.

275-sahifa · 14-juz · 28-hizb275-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳأَخْرَجَكُمsizni chiqardiсизни чиқардиمِّنۢ-dan-данبُطُونِqornidanқорниданأُمَّهَـٰتِكُمْonalaringizningоналарингизнингلَاemasэмасتَعْلَمُونَbilgan holingizdaбилган ҳолингиздаشَيْـًۭٔاhech narsaҳеч нарсаوَجَعَلَva berdiва бердиلَكُمُsizgaсизгаٱلسَّمْعَquloqқулоқوَٱلْأَبْصَـٰرَva koʻzlarва кўзларوَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۙva dillarва дилларلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Insonning onasi qornidagi holini faqat Alloh biladi. Inson baʼzi bir zohiriy holatlarni bilishi mumkin, xolos. Asl holni esa, Alloh biladi. Odam bolasining ona qornida paydo boʻlishi va u yerda rivojlanish jarayoni lahza-lahzalarigacha faqat Allohgagina maʼlum. Vaqti-soati kelib, qachon va qandoq tugʻilishi ham yolgʻiz Alloh taologagina ayon.

«Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi.»

Dunyoda faqat inson bolasigina juda ojiz holda tugʻiladi. Bosh- qa hayvonlarning bolalari tugʻilgandan bir oz oʻtib, harakatga tushadi, oʻzi yuradi, onasini emadi va boshqa hojatlarini chiqaradi. Inson bolasi esa, yigʻidan boshqa hech narsani bilmay turaveradi. Har bir narsani unga soat, kun, hafta, oy emas, balki yil davomida oʻrgatish kerak. Oʻsha oʻrganish ham Alloh bergan xususiyatlar bilan boʻladi.

«U sizga quloq, koʻzlar va dillarni berdi.»

Idrok etish qobiliyatiga xizmat qiluvchi majmuani Qurʼoni Karimda «qalb» yoki «dil» deb ataladi. Demak, onadan yangi tugʻilgan bolaga bilim olishi uchun zarur boʻlgan quloq, koʻzlar va dillarni ham Alloh bergan. Bular ham ulugʻ neʼmatdir. Ularning asl mohiyati, insonga qandoq berilishi ham faqat osmonlaru yerning gʻayb ilmini bilguvchi Alloh taologagina maʼlum. Inson bolasi boshqa sonsiz-sanoqsiz neʼmatlar qatori mazkur quloq, koʻz va dil neʼmatlarini bergan Zotga qoyil qolishi kerak. Chunki butun dunyo bir boʻlib harakat qilganda ham bir dona quloq, koʻz yoki bir dona qalb-ni yarata olmaydi. Alloh boʻlsa, hammaga bu neʼmatlarni beminnat berib qoʻyibdi.

«Shoyadki, shukr qilsangiz.»

Shoyadki, bu neʼmatlarning qadriga yetsangiz, shoyadki, bu neʼmatlarni bergan Zotni tan olib, unga iymon keltirsangiz, ibodat etsangiz va shukr qilsangiz.

Kelasi oyatda Allohning tafakkur ila anglanadigan yana bir qudratini koʻrsatuvchi dalilga eʼtibor jalb qilinadi: