أَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلطَّيْرِ مُسَخَّرَٰتٍ فِى جَوِّ ٱلسَّمَآءِ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱللَّهُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmon havosidagi beminnat bo`ysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi? Ularni faqatgina Alloh ushlab turadir, xolos. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.Осмон ҳавосидаги беминнат бўйсундирилган қушларга қарамайдиларми? Уларни фақатгина Аллоҳ ушлаб турадир, холос. Албатта, бунда иймон келтирадиган қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Osmoni falakda (uchish uchun) boʻyinsundirilgan qushlarga boqmaydilarmi?! Ularni yolgʻiz Alloh ushlab turibdi-ku! Albatta, bu ishda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Осмони фалакда (учиш учун) бўйинсундирилган қушларга боқмайдиларми?! Уларни ёлғиз Аллоҳ ушлаб турибди-ку! Албатта, бу ишда иймон келтирадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Samo boʻshligʻida qanot qoqib turgan qushni koʻramiz-u, biroq unga eʼtibor bermaymiz. Chunki, ularni doimo shu holatda koʻrib oʻrganib qolganmiz. Bizga oʻzi shunday boʻlishi shartga oʻxshab tuyuladi. Dahriylar tili bilan aytganda, «Tabiat qonuni» boʻlib koʻrinadi. Lekin oʻzimizga «Oʻsha qonunni kim joriy qildi?» degan savolni berib koʻrmaymiz. Qalbi uygʻoq insongina oʻzini oʻzi savolga tutadi va javob izlash jarayonida haqiqatga erishadi. Qushni yaratib, unga qanot bergan kim? Nima uchun hamma qanotlilar uchavermaydi? Osmonni qushlar uchishi uchun moslab qoʻygan kim? Bu va bunga oʻxshash savollarning javobi bitta– qodir Allohdir. Ha, ularni osmonda:
«...faqatgina Alloh ushlab turadir, xolos».
Ularni havoda ushlab turadigan boshqa zot yoʻq.
«Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.»
Ha, bunday oyat-belgilarni anglab yetish uchun iymon kerak.
Endi esa, odamlarning uylari, turar joylari va yashash sharoitlaridagi Allohning yaratguvchi va qudratli Zot ekanligiga dalolat qiluvchi belgilar haqida soʻz ketadi: