وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنۢ بُيُوتِكُمْ سَكَنًا وَجَعَلَ لَكُم مِّن جُلُودِ ٱلْأَنْعَـٰمِ بُيُوتًا تَسْتَخِفُّونَهَا يَوْمَ ظَعْنِكُمْ وَيَوْمَ إِقَامَتِكُمْ ۙ وَمِنْ أَصْوَافِهَا وَأَوْبَارِهَا وَأَشْعَارِهَآ أَثَـٰثًا وَمَتَـٰعًا إِلَىٰ حِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizga uylaringizni oromgoh qildi. U sizga chorva hayvonlarining terisidan ko`chadigan va qo`nadigan kuningizda yengil ko`tariladigan uylar qildi. Ularning junlari, yunglari va qillaridan ma'lum vaqtgacha jihoz va mato bo`ladigan qildi.Аллоҳ сизга уйларингизни оромгоҳ қилди. У сизга чорва ҳайвонларининг терисидан кўчадиган ва қўнадиган кунингизда енгил кўтариладиган уйлар қилди. Уларнинг жунлари, юнглари ва қилларидан маълум вақтгача жиҳоз ва мато бўладиган қилди.Alauddin Mansour: Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan koʻchadigan kunlaringizda va qoʻnadigan kunlaringizda yengil koʻtarib keta oladigan uy-oʻtovlar (bunyod) etdi hamda (qoʻylarning) junlaridan, (tuyalarning) yunglaridan va (echkilarning) tivitlaridan maʼlum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va matolar (yaratdi).Аллоҳ сизлар учун уйларингизни оромгоҳ қилди ва сизлар учун чорва ҳайвонларининг териларидан кўчадиган кунларингизда ва қўнадиган кунларингизда енгил кўтариб кета оладиган уй-ўтовлар (бунёд) этди ҳамда (қўйларнинг) жунларидан, (туяларнинг) юнгларидан ва (эчкиларнинг) тивитларидан маълум бир вақтга қадар фойдаланиладиган жиҳоз ва матолар (яратди).
Insonning uyi eng qulay oromgohi hisoblanadi. Uydan boshqa joyda odam oromini yoʻqotadi. Oʻz uyidagicha tinchlana bilmaydi. Buni har bir inson, xususan, uyi yoʻq kishilar juda yaxshi his etadilar. Shuning uchun ham, Islom dinida uyga va uning osoyishtalik, xotirjamlik makoni boʻlishiga katta eʼtibor berilgan.
«Alloh sizga uylaringizni oromgoh qildi.»
Har bir uy–oromgoh. Musulmon inson uchun uy–yemakxona, omonlik joyi, xotirjamlik maskani va tinchlik-osoyishtalik markazidir.
«U sizga chorva hayvonlarining terisidan koʻchadigan va qoʻnadigan kuningizda yengil koʻtariladigan uylar qildi.»
Bu ham Allohning neʼmatidir. Agar shunday qilmaganida koʻchib yuruvchi, sahro, choʻlu biyobonlarda yashovchi qabilalar oromgoh topa olmay qiynalar edilar.
«Ularning junlari, yunglari va qillaridan maʼlum vaqtgacha jihoz va mato boʻladigan qildi.»
Qoʻyning juni, tuyaning yungi va echkining qilida, uyga ishlatishdan boshqa, yana juda koʻp manfaatlar bor. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda bu matolarning qiymati yanada ortdi, ularga talab kuchaydi. Inson Allohning bu neʼmatiga ham shukr qilishi kerak. Ularni bergan Allohga iymon keltirib, ibodat etishi lozim.
Shuningdek, Allohning boshqa neʼmatlari ham bor: