QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nahl surasi · Oyatсураси · Оят81

وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّمَّا خَلَقَ ظِلَـٰلًا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْجِبَالِ أَكْنَـٰنًا وَجَعَلَ لَكُمْ سَرَٰبِيلَ تَقِيكُمُ ٱلْحَرَّ وَسَرَٰبِيلَ تَقِيكُم بَأْسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizga O`zi yaratgan narsalardan soyalar qilib qo`ydi va sizga tog`lardan boshpanalar, sizlarni issiqdan saqlaydigan kiyimlar va zarbadan saqlaydigan kiyimlar qilib qo`ydi. Shunday qilib, U sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berdi. Shoyadki, musulmon bo`lsangiz.Аллоҳ сизга Ўзи яратган нарсалардан соялар қилиб қўйди ва сизга тоғлардан бошпаналар, сизларни иссиқдан сақлайдиган кийимлар ва зарбадан сақлайдиган кийимлар қилиб қўйди. Шундай қилиб, У сизларга Ўз неъматини батамом қилиб берди. Шоядки, мусулмон бўлсангиз.Alauddin Mansour: Alloh sizlar uchun Oʻzi yaratgan narsalardan soya-salqin joylar (bunyod) etdi va sizlar uchun togʻlardan gʻor-boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq (sovuq)dan asraydigan kiyimlar va sizlarni (dushmanning) ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar (yaratdi). U zot shoyad musulmon boʻlarsizlar, deb sizlarga Oʻz neʼmatini mana shunday komil qilib berur.Аллоҳ сизлар учун Ўзи яратган нарсалардан соя-салқин жойлар (бунёд) этди ва сизлар учун тоғлардан ғор-бошпаналар қилди ҳамда сизлар учун иссиқ (совуқ)дан асрайдиган кийимлар ва сизларни (душманнинг) зиён етказишидан сақлайдиган совутлар (яратди). У зот шояд мусулмон бўларсизлар, деб сизларга Ўз неъматини мана шундай комил қилиб берур.

276-sahifa · 14-juz · 28-hizb276-саҳифа · 14-жуз · 28-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳجَعَلَqilib qoʻydiқилиб қўйдиلَكُمsizgaсизгаمِّمَّاnarsalardanнарсаларданخَلَقَOʻzi yaratganЎзи яратганظِلَـٰلًۭاsoyalarсояларوَجَعَلَva qilib qoʻydiва қилиб қўйдиلَكُمsizgaсизгаمِّنَ-dan-данٱلْجِبَالِtogʻlardanтоғларданأَكْنَـٰنًۭاboshpanalarбошпаналарوَجَعَلَva qilib qoʻydiва қилиб қўйдиلَكُمْsizlargaсизларгаسَرَٰبِيلَkiyimlarкийимларتَقِيكُمُsizlarni saqlaydiganсизларни сақлайдиганٱلْحَرَّissiqdanиссиқданوَسَرَٰبِيلَva kiyimlarва кийимларتَقِيكُمsizlarni saqlaydiganсизларни сақлайдиганبَأْسَكُمْ ۚzarbangizdanзарбангизданكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибيُتِمُّbatamom qilib beradiбатамом қилиб берадиنِعْمَتَهُۥOʻz neʼmatiniЎз неъматиниعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتُسْلِمُونَmusulmon boʻlsangizмусулмон бўлсангиз
TafsirТафсир

Bu oʻrinda inson, ayniqsa, ushbu oyati karima tushgan joy va vaqtning odami kundalik hayotida muhtoj boʻlib turadigan Allohning neʼmatlari haqida gap ketmoqda.

«Alloh sizga Oʻzi yaratgan narsalardan soyalar qilib qoʻydi.»

Narsalarning soyasi, ayniqsa Arabiston yarim oroliga oʻxshash doimo qattiq issiq boʻladigan joylarda, insonga katta neʼmat hisoblanadi. Buni ham unga Alloh berdi.

«...sizga togʻlardan boshpanalar» qilib qoʻydi.

Bu jumlada gʻor va ungurlar nazarda tutilgan boʻlib, ular ham turli vaqtlarda inson uchun boshpana vazifasini oʻtagan.

«...sizlarni issiqdan saqlaydigan kiyimlar va zarbadan saqlaydigan kiyimlar qilib qoʻydi.»

Turli, ayniqsa paxtali kiyimlar Arabiston choʻllarida odamni issiqdan saqlagan. Kiyimsiz inson badani birpasda quyosh issigʻida kuyib qolgan.

Shuningdek, insonga Alloh taolo urushda oʻzini nayza, qilich va kamon oʻqi zarbalaridan saqlaydigan zirhli kiyim va sovutlarni neʼmat qilib berdi. Har bir inson shu neʼmatlarni berguvchi zotga–Alloh taologa shukr aytishi, Unga iymon keltirib, ibodat qilishi lozimdir.

«Shunday qilib, U sizlarga Oʻz neʼmatini batamom qilib berdi. Shoyadki, musulmon boʻlsangiz.»

Ushbu surada Alloh juda koʻp neʼmatlarni zikr qildi. Shunday qilib, Alloh sizga zarur neʼmatlarning hammasini kamchiliksiz, batamom qilib beradi. Shoyadki, bularni oʻylab, musulmon boʻlsangiz.

Agar odamlar musulmon boʻlsa, oʻzlariga foyda keladi.

Ey Paygʻambarim!