وَأَنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga, o`shalarga, alamli azobni tayyorlab qo`ydik.Албатта, охиратга иймон келтирмайдиганларга, ўшаларга, аламли азобни тайёрлаб қўйдик.Alauddin Mansour: Shuningdek, Oxiratga ishonmaydigan kimsalar uchun alamli azob tayyorlab qoʻyganimizni(ng ham «xushxabari»ni berur).Шунингдек, Охиратга ишонмайдиган кимсалар учун аламли азоб тайёрлаб қўйганимизни(нг ҳам «хушхабари»ни берур).
Iymonsizlik toʻgʻri yoʻldan adashishdir. Toʻgʻri yoʻldan adashganlar hech qachon maqsadga yeta bilmaydilar. Avvalo, bu dunyoda maqsadga erisha olmaydilar. Chunki, ularning iymoni yoʻq, eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiluvchi Qurʼoni yoʻq. Shuningdek, oxiratda ham maqsadga erisha olmaydilar. Bu ham iymonlari yoʻqligi, eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiluvchi Qurʼonlari yoʻqligidandir. Natijada, ular oʻzlarini turli yoʻllarga uradilar. Havoyi nafslari aytgan koʻylarga tushadilar. Oʻzlariga nima foyda va nima zararligini bilmay, turli holatlarga giriftor boʻladilar.