QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят11

وَيَدْعُ ٱلْإِنسَـٰنُ بِٱلشَّرِّ دُعَآءَهُۥ بِٱلْخَيْرِ ۖ وَكَانَ ٱلْإِنسَـٰنُ عَجُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq bo`lgandir.Инсон яхшиликка дуо қилганидек, ёмонликка ҳам дуо қилур. Инсон шошқалоқ бўлгандир.Alauddin Mansour: Inson (Alloh taolodan) yaxshilik soʻrab duoi xayr qilgani kabi (goho siqilgan paytlarida) yomonlik tilab duoibad ham qilur. Inson (mana shunday) shoshqaloqdir.Инсон (Аллоҳ таолодан) яхшилик сўраб дуои хайр қилгани каби (гоҳо сиқилган пайтларида) ёмонлик тилаб дуоибад ҳам қилур. Инсон (мана шундай) шошқалоқдир.

283-sahifa · 15-juz · 29-hizb283-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَدْعُva duo qilurва дуо қилурٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонبِٱلشَّرِّyomonlikkaёмонликкаدُعَآءَهُۥduo qilganidekдуо қилганидекبِٱلْخَيْرِ ۖyaxshilikkaяхшиликкаوَكَانَva boʻlgandirва бўлгандирٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонعَجُولًۭاshoshqaloqшошқалоқ
TafsirТафсир

Yaʼni, iymonsiz, Qurʼon hidoyatidan mahrum boʻlgan har bir inson oʻzini yaxshilikka urganidek, yomonlikka ham uraveradi. Chunki, u nima yaxshi va nima yomon–ajrata olmaydi. Shuningdek, yaxshilik tilab duo qilganidek, yomonlik tilab ham duo qilaveradi. U, avvalo, yomonlikni anglab yetmaydi, anglagan chogʻida ham, undan oʻzini toʻxtata olmaydi.

Oʻtgan oyati karimalarda Nuh alayhissalom bilan birga qutqarilganlar, Muso alayhissalom bilan Bani Isroil, ularga Tavrot berilishi, Qurʼoni Karim hidoyati kabi maʼnaviy moʻʼjizalar va neʼmatlar haqida soʻz ketganidan soʻng, endi keladigan oyatlarda moddiy moʻʼjiza va neʼmatlar haqida soʻz ochiladi: