QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят12

وَجَعَلْنَا ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ءَايَتَيْنِ ۖ فَمَحَوْنَآ ءَايَةَ ٱلَّيْلِ وَجَعَلْنَآ ءَايَةَ ٱلنَّهَارِ مُبْصِرَةً لِّتَبْتَغُوا۟ فَضْلًا مِّن رَّبِّكُمْ وَلِتَعْلَمُوا۟ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ۚ وَكُلَّ شَىْءٍ فَصَّلْنَـٰهُ تَفْصِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini ko`rsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz.Кеча ва кундузни икки белги — аломат қилдик. Кеча аломатини маҳв этдик. Роббингиздан фазл талаб қилишингиз ва йиллар ададини ҳамда ҳисобини билишингиз учун кундуз аломатини кўрсатувчи қилдик. Ва ҳар бир нарсани батафсил баён қилганмиз.Alauddin Mansour: Biz kecha va kunduzni (oʻzimizning qudrati ilohiyamizni koʻrsatib turadigan) ikki belgi — alomat qilib qoʻydik. (Hech narsa) koʻrinmas qorongʻilikni kechaning alomati qildik. Kunduz alomatini esa, Parvardigoringizdan fazlu marhamat (yaʼni, rizqu roʻz) istashlaringiz uchun hamda yillar sanogʻini va hisob-kitobni bilishlaringiz uchun yorugʻlik qilib qoʻydik. Va biz barcha narsani (roʻzi azaldayoq) batafsil bayon qilib qoʻyganmiz (yaʼni, dunyodagi sodir boʻladigan biron ish yoki voqea-hodisa tasodifiy boʻlmay, balki har birining voqeʼ boʻlish joyi, vaqti va sabablari batafsil bayon qilib qoʻyilgandir).Биз кеча ва кундузни (ўзимизнинг қудрати илоҳиямизни кўрсатиб турадиган) икки белги — аломат қилиб қўйдик. (Ҳеч нарса) кўринмас қоронғиликни кечанинг аломати қилдик. Кундуз аломатини эса, Парвардигорингиздан фазлу марҳамат (яъни, ризқу рўз) исташларингиз учун ҳамда йиллар саноғини ва ҳисоб-китобни билишларингиз учун ёруғлик қилиб қўйдик. Ва биз барча нарсани (рўзи азалдаёқ) батафсил баён қилиб қўйганмиз (яъни, дунёдаги содир бўладиган бирон иш ёки воқеа-ҳодиса тасодифий бўлмай, балки ҳар бирининг воқеъ бўлиш жойи, вақти ва сабаблари батафсил баён қилиб қўйилгандир).

283-sahifa · 15-juz · 29-hizb283-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلْنَاva Biz qildikва Биз қилдикٱلَّيْلَkechaniкечаниوَٱلنَّهَارَva kunduzniва кундузниءَايَتَيْنِ ۖikki oyat-alomatикки оят-аломатفَمَحَوْنَآbas, mahv etdikбас, маҳв этдикءَايَةَalomatiniаломатиниٱلَّيْلِkechaningкечанингوَجَعَلْنَآva qildikва қилдикءَايَةَalomatiniаломатиниٱلنَّهَارِkunduzningкундузнингمُبْصِرَةًۭkoʻrsatuvchiкўрсатувчиلِّتَبْتَغُوا۟toki talab qilsangizтоки талаб қилсангизفَضْلًۭاfazlфазлمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizdanРоббингизданوَلِتَعْلَمُوا۟va bilsangizва билсангизعَدَدَadadiniададиниٱلسِّنِينَyillarйилларوَٱلْحِسَابَ ۚva hisobiniва ҳисобиниوَكُلَّva har birва ҳар бирشَىْءٍۢnarsaniнарсаниفَصَّلْنَـٰهُuni bayon qilganmizуни баён қилганмизتَفْصِيلًۭاbatafsilбатафсил
TafsirТафсир

Boshqa suralardagi oyatlarda ham kecha bilan kunduz Allohning yagonaligiga, qudratiga dalolat qiluvchi alomatlardan ekanligi qayta-qayta taʼkidlangan. Ikkovining muntazam ravishda almashib turishi, biri ketib, ikkinchisi kelishi, ularning har biridagi alohida xususiyatlar haqida ham koʻp gapirilgan. Bu ishlarni chuqurroq tafakkur qilgan insongina oʻziga koʻplab ibratlar olishi mumkin.

«Kecha va kunduzni ikki belgi – alomat qildik.»

Yaʼni, bu ikki narsani Oʻz qudratimizga va yagonaligimizga ikki katta alomat qildik.

«Kecha alomatini mahv etdik.»

«Mahv etdik» iborasini ulamolarimiz ikki xil taʼviyl qilganlar. Birinchi taʼviylga koʻra, yoʻqotdik, ketkazdik, maʼnolarini bildiradi. Yaʼni, qorongʻu tushirib, narsalarni koʻrinmaydigan qilib qoʻydik, degan maʼnoni anglatadi. Ikkinchi taʼviylga koʻra esa, kechaning alomatini hamma narsani yoʻqotib, koʻrinmaydigan qilib qoʻyuvchi qorongʻuliklardan iborat qildik, degan maʼno kelib chiqadi. Ushbu ikkinchi taʼviyl umumiy maʼnoga uygʻunroq keladi. Chunki, keyingi jumlada:

« Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun...» deyiladi.

Kechasi hech narsani koʻrib boʻlmaydi. Shuning uchun, inson dam– rohat oladi. Kunduzining yorugʻida hamma narsani koʻrgan inson ishlab Robbining fazlidan rizq-roʻz va boshqa narsalar talab qiladi. Shuningdek, kecha bilan kunduzning almashib turishidan kun, hafta, oy, yil va vaʼda qilingan vaqt kabilarni hisoblaydi. Bularning hammasi ham Allohning bandalarga bergan neʼmatidir.

«Kunduz alomatini koʻrsatuvchi qildik», deyilishi ham bejiz emas.

Maʼlumki, kunduz hamma narsani koʻrsatuvchi boʻlib xizmat qiladi. Bu, katta moʻʼjiza boʻlishi bilan birga, ulkan neʼmat hamdir. Buni anglash uchun kunduzsiz hayotni tasavvur qilib, bir oʻylab koʻrishning oʻzi kifoya. Oyatning oʻzida ushbu neʼmatning har qanday sodda kishi ham koʻp oʻylamasdan anglab yetadigan foydalaridan baʼzisi zikr etilmoqda.

«Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz.»

Bu dunyoda tafsiloti Alloh tomonidan bayon etilmasdan oʻz holiga tashlab qoʻyilgan narsa yoʻq. Hamma narsa, jumladan, kechayu kunduz va ularga tegishli narsalar ham batafsil bayon qilingan.