QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят13

وَكُلَّ إِنسَـٰنٍ أَلْزَمْنَـٰهُ طَـٰٓئِرَهُۥ فِى عُنُقِهِۦ ۖ وَنُخْرِجُ لَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ كِتَـٰبًا يَلْقَىٰهُ مَنشُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz har bir insonning amalini bo`yniga bog`lab qo`yganmiz va qiyomat kuni unga kitob chiqaramizki, u unga ochilgan holda ro`baro` bo`lur.Биз ҳар бир инсоннинг амалини бўйнига боғлаб қўйганмиз ва қиёмат куни унга китоб чиқарамизки, у унга очилган ҳолда рўбарў бўлур.Alauddin Mansour: Biz har bir insonning amalini boʻyniga ilib qoʻygandirmiz (yaʼni, uning qilgan har bir amali ikki dunyoda unga ajralmas hamroh boʻlur). Biz Qiyomat Kuni unga ochiq holda roʻbaroʻ boʻladigan bir kitobni (yaʼni, nomai aʼmolini) chiqarib koʻrsaturmiz.Биз ҳар бир инсоннинг амалини бўйнига илиб қўйгандирмиз (яъни, унинг қилган ҳар бир амали икки дунёда унга ажралмас ҳамроҳ бўлур). Биз Қиёмат Куни унга очиқ ҳолда рўбарў бўладиган бир китобни (яъни, номаи аъмолини) чиқариб кўрсатурмиз.

283-sahifa · 15-juz · 29-hizb283-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكُلَّva har birва ҳар бирإِنسَـٰنٍinsonningинсоннингأَلْزَمْنَـٰهُbogʻlab qoʻyganmizбоғлаб қўйганмизطَـٰٓئِرَهُۥamaliniамалиниفِى-ga-гаعُنُقِهِۦ ۖboʻynigaбўйнигаوَنُخْرِجُva chiqaramizва чиқарамизلَهُۥungaунгаيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматكِتَـٰبًۭاkitobкитобيَلْقَىٰهُunga roʻbaroʻ boʻlurунга рўбарў бўлурمَنشُورًاochilgan holdaочилган ҳолда
TafsirТафсир

Har bir inson yaxshimi, yomonmi amal qilsa, uning amali oʻzi bilan boʻladi, undan ajramaydi. Qurʼoni Karim insonga shu maʼnoni mujassam holda his ettirish uchun amalini xuddi boʻyinga osib qoʻyiladigan narsa qilib koʻrsatmoqda. Inson yaxshi bilishi lozimki, uning har bir qilgan ishi boʻyniga osilib boradi. Undan tonib, men qilganim yoʻq deb, qutulishning imkoni yoʻq. Buning ustiga, qiyomat kuni unga ochiq bir kitob chiqarib koʻrsatiladi. Oʻsha ochiq kitobda uning hamma amallari aniq shaklda bitilgan boʻladi. Shundan kelib chiqqan holda hisob- kitob boʻladi. Demak, inson faqat yaxshi amal etishi, yomon amaldan hazar qilishi lozim. Chunki oʻsha qiyomat kunida har bir insonga: