۞ وَقَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّآ إِيَّاهُ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَـٰنًا ۚ إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ ٱلْكِبَرَ أَحَدُهُمَآ أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلًا كَرِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing faqat Uning O`zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so`z ayt!Роббинг фақат Унинг Ўзигагина ибодат қилишингни ва ота-онага яхшилик қилишни амр этди. Агар ҳузурингда уларнинг бирлари ёки икковлари ҳам кексаликка етсалар, бас, уларга «уфф» дема, уларга озор берма ва уларга яхши сўз айт!Alauddin Mansour: Parvardigoringiz, yolgʻiz Uning Oʻziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qoʻl ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (soʻzlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi soʻz ayt!Парвардигорингиз, ёлғиз Унинг Ўзига ибодат қилишларингизни ҳамда ота-онага яхшилик қилишларингизни амр этди. Агар уларнинг (ота-онангизнинг) бирови ёки ҳар иккиси сенинг қўл остингда кексалик ёшига етсалар, уларга қараб «уф» тортма ва уларнинг (сўзларини) қайтарма! Уларга (доимо) яхши сўз айт!
Oldingi oyatda Allohga shirk keltirishdan qaytarilgan boʻlsa, bu oyatda yagona maʼbudga–Alloh taoloning Oʻzigagina ibodat qilishga amr etilmoqda. Undan soʻng, bevosita ota-onaga yaxshilik qilish buyurilmoqda.
«Robbing faqat Uning Oʻzigagina ibodat qilishingni va ota- onaga yaxshilik qilishni amr etdi.»
Bu, Allohning bandalariga amri, buyrugʻi, farmonidir; bu, bandalarning ixtiyoriga tashlab qoʻyilgan ish emas. Xohlasa qilib, xohlamasa qilmaydigan havaskorlik ham emas. Qarib hech narsaga yaramay qolganda yuzlanadigan koʻngil hushi ham emas. Bu amr Alloh taoloning qatʼiy va oʻzgarmas buyrugʻidir. Bu buyruqni bajarish har bir bandaning burchidir.
Allohning ibodatidan keyingi keladigan ish ota-onaga yaxshilik qilishdir. Bu ham Allohning amri. Alloh taolo oʻziga ibodat qilishga chaqirgan amrdan keyin shu jumlaning davomida ota-onaga yaxshilik qilishni taʼkidlamoqda. Bu ikki hukmning bir oyatdagi bir jumlada bayon qilinishining oʻziyoq Islomda ota-onaning haqqi qanchalik ulugʻ ekanini koʻrsatadi.
«Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema.»
Bu jumlaning «uff» soʻziga bogʻliq ikki xil maʼnosi bor. Bir maʼnosi–ota-onaga yomon soʻz aytib, behurmat qilma, degani boʻlsa, ikkinchi maʼnosi–ota-onang oldida «uff» dema, ular «Bolam ogʻir holga tushibdi», deb ozorlanadilar, deganidir.
«...ularga ozor berma va ularga yaxshi soʻz ayt!»
Ota-onangga hech bir ozorni ravo koʻrma! Qanday yaxshi soʻz boʻlsa, oʻshani ota-onangga ravo koʻr!