وَٱخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ ٱلذُّلِّ مِنَ ٱلرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ٱرْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِى صَغِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin», deb ayt.Икковларига меҳрибонлик ила хокисорлик қанотингни пастлат ва: «Роббим, алар мени кичикликда тарбия қилганларидек, уларга раҳим қилгин», деб айт.Alauddin Mansour: Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — xokisor boʻl va: «Parvardigorim, meni (ular) goʻdaklik chogʻimdan tarbiyalab-oʻstirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!Улар учун, меҳрибонлик билан, хорлик қанотини паст тут — хокисор бўл ва: «Парвардигорим, мени (улар) гўдаклик чоғимдан тарбиялаб-ўстирганларидек, сен ҳам уларга раҳм-шафқат қилгин», деб (ҳақларига дуо қил)!
Farzand ota-onaning huzurida oʻzini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi. U butun mehrini xokisorlik ila ota-onasiga poyandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga, doimo ularga Alloh taolodan rahim-shafqat tilab duo qilib turishi lozim.
Ota-onani hurmatlash, eʼzozlash masalasida hech bir tuzum yoki tarbiya vositasi Islomga teng ham, yaqin ham kela olmaydi. Ota- onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi toʻgʻrisidagi oyatlar va hadislar bu borada dunyo tarixida misli koʻrilmagan oliymaqom narsalar ekanligi maʼlum va mashhurdir. Xususan bu oyat va hadislarni, ilohiy koʻrsatmalar va islomiy hikmatlarni hayotga tatbiq qilgan musulmonlarning ota-onalariga koʻrsatgan yuksak ehtiromlari va fidoyiliklariga tarix shohiddir.
Hofiz Abu Bakr al-Bazzor Burdaydadan, u kishi oʻz otalaridan qilgan rivoyatda quyidagilar keltiriladi: «Bir odam ziyoratda onasini koʻtarib yurib tavof qildirayotgan ekan. U Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan:
«Onamning haqqini ado qildimmi?»–deb soʻrabdi. Shunda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:
«Yoʻq, bir oh tortishining haqqini ham ado qilganing yoʻq», degan ekanlar».