رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا فِى نُفُوسِكُمْ ۚ إِن تَكُونُوا۟ صَـٰلِحِينَ فَإِنَّهُۥ كَانَ لِلْأَوَّٰبِينَ غَفُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham o`ta bilguvchidir. Agar ahli solihlardan bo`lsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermag`firatdir.Роббингиз сизнинг дилингиздаги нарсани ҳам ўта билгувчидир. Агар аҳли солиҳлардан бўлсангиз, албатта, У сертавбалар учун сермағфиратдир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi boʻlsangizlar (yaʼni, ota-onalaringizning huquqlarini tanib, ularga mehribon boʻlsangizlar. Albatta, Alloh bilmasdan qilgan gunohlaringizni magʻfirat qilur). Zero, u tavba qilguvchilarni magʻfirat etuvchi boʻlgan Zotdir.(Эй инсонлар), Парвардигорингиз дилларингиздаги сирларингизни жуда яхши билгувчидир. Агар сизлар яхши бўлсангизлар (яъни, ота-оналарингизнинг ҳуқуқларини таниб, уларга меҳрибон бўлсангизлар. Албатта, Аллоҳ билмасдан қилган гуноҳларингизни мағфират қилур). Зеро, у тавба қилгувчиларни мағфират этувчи бўлган Зотдир.
Oʻtgan oyatlarda zikr qilingan narsalarning hammasi dilga bogʻliq boʻlgani uchun ham ushbu oyatda:
«Robbingiz, sizning dilingizdagi narsani ham oʻta bilguvchidir», deb niyatdagi narsalar ham, ulardan kelib chiqadigan gap-soʻz va amallar ham–barchasi Alloh taologa qaytishining xabari berilmoqda. Demak, dildagi narsani yaxshilash lozim ekan. Dilda nima borligini Alloh bilib turgandan keyin, sirtda boshqa, ichda bosh- qa boʻlish foyda bermas ekan.
«Agar ahli solihlardan boʻlsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermagʻfiratdir.»
Kishining qalbi salohiyatli boʻlsa, ishi yaxshi boʻlaveradi. Sertavba kishilar, yaʼni, bilmasdan xato qilib qoʻyib, oʻsha zahoti tavbaga shoshiluvchi zotlar uchun Allohning tavba eshigi ochiq, darhol tavbalarini qabul qiladi.
Keyingi oyatlarda ota-onalardan keyin yaxshilik qilish lozim boʻlgan yana bir necha toifa kishilar haqida soʻz ketadi: